×

Avstraliya: University of Queensland – bakalavriat talabalari 50 foizgacha grantlar!


Grant

MUHLAT

17.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1593 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland oliygohi TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun hujjat topshirgan chet ellik talabalarga TC Beirne School of Law Scholarship for International Students grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad a’lochi va huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Ulardan biriga o’qish to’lovini 50 foizi, yana briga 25 foizi to’lab beriladi. Grant faqat kontrakt to’lovini qisqartirishga yo’naltirilgan bo’lib, uni boshqa maqsadlarda sarflab bo’lmaydi.

University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod 12 yillik ta’limga ega bo’lishi zarur.
  3. Nomzod oliygohning TC Beirne School of Law maktabiga Bachelor of Laws (Honours)/(LLB (Hons)) darajasini olish uchun bakalavr kursiga qabul qilingan bo’lishi/qabul qilinishi kerak.
  4. Nomzodning oliygohga endigina qabul qilingan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod grant bilan bir vaqtda boshqa dastur bo’yicha stipendiya olishi mumkin emas.
  6. Nomzodlar akademik salohiyati va huquqshunislikka bo’lgan qiziqishiga qarab tanlanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning 2-semestrida boshlanadigan huquqshunoslik kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod ariza shaklini to’ldirib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga shu yilning 17-mayiga qadar scholarships@law.uq.edu.au manziliga email tarzida yuborishi kerak.

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ariza shakli.
  2. Baholardan ko’chirma.
  3. Shaxsiy bayonot.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Til sertifikati.
  6. Rezyume/CV.

University of Queensland oliygohining TC Beirne School of Law maktabiga hujjat topshirish uchun universitetga onlayn ariza topshirish zarur. Universitetga hujjatlar 2019-yilning 30-iyuniga qadar qabul qilinadi. Ammo grant dasturiga hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar hujjatlarini 17-maydan kechiktirmasdan topshirishlari zarur.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Maktab/kollej/litsey diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat (IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
  5. Tavsiyanoma.
  6. CV/rezyume.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan nusxasi bilan birga taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki grant nizomidan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +61 7 3365 1111

Email: scholarships@law.uq.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!