×

Avstraliya: University of Queensland – magistratura talabalari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

03.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2144 marta

Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan University of Queensland (UQ) oliygohi Master of Sustainable Energy yo’nalishi bo’yicha 2019 – yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan talabalarga UQ Energy Leadership Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad energetika sohasi bo’yicha ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlardagi aniq fanlarga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirishdir. Dastur doirasida 2 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura (2 yillik) kursi uchun 16 000 AUD (taxminan 11 480 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi. Grant talabaning kontrakt to’lovini to’lash uchun ikki qismga bo’lib beriladi.

University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin
  2. Nomzod Sustainable Energy yoki shunga yaqin soha bo’yicha bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi kerak
  3. Nomzod Sustainable Energy yonalishi bo’yicha 2019- yil sentabrda boshlanadigan magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak
  4. Nomzod shu soha bo’yicha 3 yil faoliyat olib borgan bo’lishi yoki ko’ngilli sifatida (volunteering experience) ishlagan bo’lishi kerak
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  6. Nomzod kirishimli, guruh bo’lib ishlay oladigan, shijoatli va qiyinchiliklardan cho’chimaydigan shaxs bo’lishi zarur
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  8. Dastur faqat o’qishga endigina qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan
  9. Allaqachon universitetda o’qiydigan talabalar grant dasturiga hujjat topshira olmaydilar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning sentabridagi kurslariga beriladigan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 3-mayiga qadar topshirilishi kerak. Universitetning magistratura kurslariga kirish uchun hujjat topshirish esa 2019-yilning 30-aprelida nihoyasiga yetadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak.)
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. CV.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Tanlanga soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat.
  7. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar/dilom ilovasi.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Tanlanga soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  6. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball). Batafsil

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling. Grant nizomi bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki savol–javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Professor Peta Ashworth, Chair in Sustainable Energy Futures

Email: mse@chemeng.uq.edu.au

Tel: +61 7 3346 8831

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!