×

Avstraliya: University of Technology Sydney bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun toʻliq grant


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2853 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yil fevral/mart oylarida boshlanadigan kurslar uchun International Undergraduate Full Tuition Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning barcha bakalavriat bosqichlarii 1-kursiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba bakalavriat kursida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Kontrakt hajmi haqida toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan yoki: shu yerdan aniqlang.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodning kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) vakili ariza topshira oladi.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan/oʻqishga kirgan bakalavriat kursning talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitet bakalavriat kursining kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • 12 yillik ta’limni tamomlagan nomzodlar ariza berishi mumkin. Ya’ni, 9 yillik oʻrta ta’lim maktabi attestati hamda 3 yillik kollej/litsey diplomi topshiriladi. Hujjatlarni Avstraliya ta’lim tizimiga mosligini tekshirib olish lozim.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grant uchun kamida 100% dan 85% ijobiy baho talab qilinadi.
  • Grantga faqat onlayn-tizim orqali ariza berish mumkin.
  • Transmilliy dastur boʻyicha oʻqiyotgan talabalar bu grantga hujjat topshira olmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Universitet bakalavriat kurslari uchun IELTS 6,0 – 7,5 ball boʻlishi lozim.

Barcha talablar hamda cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tekshiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun universitet bakalavriat kursining kunduzgi boʻlimida oʻqishga ariza topshirish lozim. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. 2020-yil fevral-mart oylarida boshlanadigan kurslarga oʻqishga kirish uchun dedlayn – 2019-yil 30 noyabrgacha. Grantga esa hujjatlar 2019-yil 1 noyabrdan boshlab qabul qilinadi. Dedlayn – 2019-yil 30 noyabr. Hozir bu grantga qabul yopiq. Qabul boshlanganda: shu yerda onlayn-tizim koʻrsatiladi va ariza berish mumkin boʻladi.

Bakalavriat kurslariga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, bakalavriat kurslari roʻyxatidan kerakli kursni topish lozim.
  2. Mos keladigan kurs sahifasiga kiriladi.
  3. Shu yerda kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlar shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  4. UAC portal orqali ariza toʻldiring.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari farq qiladi. Universitet bakalavriat kurslari uchun IELTS 6,0 – 7,5 ball boʻlishi lozim.
  4. Attesta/kollej/litsey diplom va diplom ilovasi. Grantga baholar 100% dan kamida 85% boʻlishi kerak.
  5. Bu hujjatlar toʻplami san’at, dizayn kabi ijodiy yoʻnalishlarga ariza topshirayotgan talabalardan soʻraladi.
  6. Agar biror sabab bilan avval oʻqishdan chetlashtirilgan boʻlsa, nomzod buning sabablari haqida ma’lumot berishi kerak.
  7. Pasport nusxasi.
  8. Grantga ariza toʻldirayotganda How do you intend to use your UTS degree to make a positive contribution to the community?” savoliga javob berish lozim. Grant natijalari berilgan javobga koʻra aniqlanadi.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar aʼlo baholari, intiluvchanligi, salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

UTS International

Telefon: +61 2 9514 1531

Elektron pochta: international.applications@uts.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!