×

Avstraliya: Magistratura va doktorantura kurslarida oʻqish uchun xarajatlar toʻliq qoplanadigan grantlar; stipendiya – 24 000 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

26.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4143 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan UNSW Business School 2021-yil kuzda magistratura va doktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlar biznes va boshqaruv sohasida tadqiqotlar olib borayotgan salohiyatli izlanuvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Universitet tomonidan:

  • International Research Training Program (RTP)
  • Tuition Fees Scholarships (TFS)

grant dasturlari taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

UNSW Business Schoolning barcha bosqichlarida oʻqish haqi 2021-yil uchun: shu yerda koʻrsatilgan.

Universitet quyidagi grantlarni taqdim etadi:

  1. International Research Training Program (RTP) scholarships. Grant magistratura va doktorantura kurslarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqiydigan nomzodlar uchun tegishli. Grant:
  • Oʻqish pulini toʻliq qoplaydi.
  • Bir yilga magistratura uchun 2 yilga, doktorantura uchun 3 yilga (zarur hollarda 6 oygacha uzaytirilishi mumkin) taxminan 28 000 AUD (taxminan 21 609 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  • Biznes yoʻnalishini tanlaganlar uchun qoʻshimcha 10 000 AUD (taxminan 7 717 AQSh dollari) stipendiya ajratilishi mumkin.

Dedlayn: shu yerda

  1. (TFS) plus a Faculty Research Scholarship package:
  • Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  • Yiliga magistratura uchun 2 yilga, doktorantura uchun 3 yilga (6 oygacha uzaytirilishi mumkin) taxminan 32 000 AUD (taxminan 24 697 USD) stipendiya beriladi.

Grant shartlari haqida qoʻshimcha maʼlumot bilan toʻliq: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  2. Nomzod bakalavr (magistratura uchun) yoki magistratura (doktorantura uchun) diplomiga ega bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6,5 sertifikati topshirishi lozim.
  4. Nomzoddan aniq fanlar uchun GMAT/GRE/GCSEs sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  5. Nomzod universitetming research master yoki PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  6. Nomzod biznes boshqaruvi yo’nalishida muhim va salmoqli tadqiqot olib borishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlarni qabul qilish tanlangan grant dasturiga va sohaga qarab farq qiladi hamda taxminan 2021-yil bahor oylariga qadar qabul qilinadi. Arizalari grant uchun ko’rib chiqilishini xohlaganlar 2021-yil 26-martgacha hujjat topshirishlari shart.  Bu sanadam keyin kelib tushgan arizalar grant uchun ko’rib chiqilmaydi. Dedlayn haqida batafsil: shu yerda tanishinng. Barcha nomzodlar oʻqishga qabul qilish uchun hujjat topshirganda avtomatik tarzda grantga talabgor sifatida rasmiylashtiriladi. Shu sababli qoʻshimcha ariza va hujjat talab etilmaydi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval oʻqishga kirish uchun talablar bilan tanishish lozim. Kirish talablari: shu yerda berilgan.
  2. Keyin ilmiy rahbar tanlaysiz. Ilmiy rahbarni aniqlash: shu yerda.
  3. Kerakli hujjatlarni tayyorlab oling. Hujjatlar tarkibi: shu yerda.
  4. Barcha hujjatlarni ingliz tiliga tarjima qilish va notarial tasdiqlatish kerak, aks holda ular koʻrib chiqilmaydi.
  5. Ingliz tili sertifikati olish. Agar ikki yil ichida olingan sertifikatingiz boʻlmasa, qayta imtihon topshirasiz.
  6. Barcha hujjatlar tayyor boʻlgach, ariza bering. Ariza topshirish shu yerdagi onlayn-ilova orqali amalga oshiriladi.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Pasport nusxasi.
  3. Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati nusxasi. IELTS kamida 6.5 bal sertifikati topshiriladi. Batafsil
  5. Esse/motivatsion xat.
  6. CV/resume.
  7. Aniq fanlar uchun GMAT/GRE/GCSEs sertifikatlari soʻralishi mumkin.

Berilgan hujjatlar yoʻnalish va bosqichga qarab oʻzgarishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlar tarkibi tanlangan yoʻnalishga koʻra aniqlab, toʻldiriladi.

Hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda. Barcha doktorantura va magistratura dasturlari talablari: shu yerda.

Bogʻlanish uchun: international.grs@unsw.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!