×

Avstraliya: Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

74 kun

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

849 marta

Avstraliyaning Cidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yilgi kurslar uchun International Undergraduate Full Tuition Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yildan oʻqishni boshlamoqchi boʻlgan barcha bakalavriat kurslari talabalari uchun moʻljallangan. Grant uch-toʻrt yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba bakalavriat kurslarida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodning oʻqish muddati tugagunicha kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod kursning kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Nomzod ayni vaqtda Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Universitetning transmilliy kurslariga oʻqishga kirgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Baholar 90% ijobiy boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzoddan Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos attestat/kollej/litsey diplomi talab qilinadi.

Barcha talab va cheklovlar haqida: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavriat kurslaridan biriga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi. Shu sababli grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish 1-noyabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini tanlang.
  2. Jarayonni boshlashdan avval How to apply sahifasini diqqt bilan oqib chiqing va yoʻriqnomaga amal qiling.
  3. “Overview” sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishing. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. “How to apply” boʻlimida kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlarimiz shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  5. Apply online yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  6. Ariza toʻldirish jarayonida grant uchun “How do you intend to use your UTS degree to make a positive contribution to the community?” mavzusida esse yozib berish kerak.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,0 ball boʻlishi lozim.
  3. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi. Tegishli fan sohasi boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi. Baholar esa 90% a’lo boʻlishi kerak.
  4. San’at, dizayn kabi ijod talab qiladigan fanlar uchun portfolio soʻralishi mumkin.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.

Hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, soha boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki international@uts.edu.au manziliga  murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!