×

Avstraliya: Magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1997 marta

Avstraliyaning Cidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yilgi kurslar uchun International Postgraduate Coursework Full Tuition Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yildan oʻqishni boshlamoqchi boʻlgan barcha magistratura kurslari talabalari uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

2019-yil 30-noyabrgacha

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba magistratura kurslarida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodning kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan boshqa barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod kursning kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Agar nomzod bakalavr bosqichini Avstraliyada tugatgan boʻlsa, grantga shu muddatdan kamida 6 oy keyin ariza berishi mumkin.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Universitetning transmilliy kurslariga oʻqishga kirgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Baholar 90% ijobiy boʻlishi talab qilinadi.

Barcha talab va cheklovlar haqida: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun magistratura kurslaridan biriga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi. Hujjat topshirish 1-noyabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini tanlang.
  2. Jarayonni boshlashdan avval How to apply sahifasini diqqt bilan oqib chiqing va yoʻriqnomaga amal qiling.
  3. “Overview” sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishing. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. “How to apply” boʻlimida kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlarimiz shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  5. Apply online yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  6. Ariza toʻldirish jarayonida grant uchun “How do you intend to use your UTS degree to make a positive contribution to the community?” mavzusida esse yozib berish kerak.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati. Kamid IELTS 6,5 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,0 ball boʻlishi lozim.
  4. Diplom va diplom ilovasi. Tegishli fan sohasi boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi. Baholar esa 90% a’lo boʻlishi kerak.
  5. Portfolio soʻralishi mumkin.
  6. Pasport nusxasi.
  7. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  8. Research proposal talab qilinishi mumkin.
  9. Tavsiyanoma soʻralishi mumkin.

Hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, soha boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga yoki international@uts.edu.au manziliga  murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!