×

Avstraliya va Angliya: PhD uchun toʻliq grant va 15 000 funt-sterling yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

10.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1194 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University hamda Buyuk Britaniyaning Coventry University hamkorlikda School of Engineering maktabining PhD bosqichi talabalariga HDR Scholarship – Smart Grid meets the Internet of Things grant dasturini taklif etmoqda. Grantlar Dr James Brusey (Coventry University) va Prof Aman Maung Than Oo (Deakin University) boshchiligida “Smart Grid meets the Internet of Things” mavzusida tadqiqot olib borish uchun ajratiladi. Grant 3,5 yilga beriladi. Tadqiqotlar Avstraliyadagi Deakin Universityning Geelong Waurn Ponds Campus hududi, Faculty of Science, Engineering and Built Environment fakultetida va Buyuk Britaniyaning Coventry Universityda olib boriladi.

Tadqiqot mavzusi va grant dasturi haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida dastur gʻoliblariga 3,5 yil muddatga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Oʻqish xarajatlari toʻliq qoplanadi.
  • Yiliga 15 000 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin Universityning Faculty of Science, Engineering and Built Environment fakultetiga va Coventry Universityning Research Centre for Fluid and Complex Systems maktabiga PhD tadqiqotchisi sifatida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda tahsil olishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichida tadqiqot mavzusida yaqin sohada oʻqigan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (70% va undan yuqori) bilan tamomlagan boʻlishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (IELTS 7.0 va undan baland, har bir boʻlimdan 6.5 ball).
  7. Nomzod sogʻlom boʻlishi, Deakin University (Avstraliya) va Coventry University (Buyuk Britaniya) oliygohlarining har ikkalasida tadqiqot olib bora olishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod Deakin University va Coventry University oliygohlarining ikkisiga ham ariza topshirishi talab etiladi.

Deakin University’ga hujjat topshirish uchun How to apply sahifasidan foydalaniladi. Bu sahifada nomzodlar uchun mahsus Expression of Interest Form berilgan boʻlib, nomzod uni toʻldirishi va sebe-phd@deakin.edu.au manziliga email orqali yuborishi zarur. Dasturga arizalar 2019-yil 10- iyungacha qabul qilinadi. Ammo nomzodlarga dasturga imkon qadar ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlardan suhbatda qatnashish soʻralishi mumkin.

Universitetning PhD kursiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo oʻziga ilmiy rahbar (supervisor) tanlashi va u bilan bogʻlanishi kerak. Shundan soʻng onlayn ariza toʻldirilib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. Oʻqishga hujjatlar 2019 yilning 16-yanvaridan 13-noyabrigacha bir necha marta qabul qilinadi. Ammo, grant dasturida qatnashish istagidagi nomzodlar hujjatlarini 2019-yil 10-iyungacha topshirishlari zarur. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Bakalavr, magistratura bosqichlarida yozilgan ilmiy ishlar/tezislar haqida ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Tadqiqot tajribalari haqida ma’lumot.
  • Tadqiqot rejasi (tahminan 300 soʻzdan iborat, PhD bosqichi uchun)
  1. Magistrlik diplomi.
  2. Diplom ilovasi/baholar.
  3. Til sertifikati. IELTS kamida 7.0 har bir boʻlimdan kamida 5 ball boʻlishi talab qilinadi.
  4. Pasport
  5. 2 ta t
  6. CV/Rezyume.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi, ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Coventry University’ga hujjatlar topshirish online portal orqali amalga oshiriladi. Oliygohg hujjat topshirishda yuzaga keladigan savollar bilan research-apps.pg@coventry.ac.uk manziliga email orqali murojjat qilishingiz mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Barcha diplom nusxalari.
  4. Baholar/diplom ilovalari.
  5. Oʻqish joyidan 1 ta tavsiyanoma.
  6. Ish joyidan 1 ta tavsiyanoma (agar nomzod ishlasa).
  7. Tadqiqot rejasi.
  8. Ingliz tilini oʻzlashtirganlik haqidagi sertifikat.
  9. Shaxsiy bayonot (Personal Statement)

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Dr James Brusey (Coventry University)

Professor of Computer Science

Email: aa3172@coventry.ac.uk

Prof Aman Maung Than Oo (Deakin University)

Email: aman.m@deakin.edu.au

Tel: +61 3 524 79216

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!