×

Avstraliya: xotin-qizlar uchun bakalavr va magistratura kurslariga 5490 AQSh dollari grant


Grant

MUHLAT

30.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2321 marta

Avstraliyada joylashgan Southern Cross Universitety tomonidan taqdim etiladigan bakalavr yoki magistratura kurslari uchun ajratilgan SCU International Women in STEM Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo’nalishidagi kurslarga o’qishga qabul qilingan xotin-qizlarga beriladi. Southern Cross University’ning Gold Coast, Lismore va Coffs Harbour kampuslari ham mavjud. Grantlarni  School of Environment Science and Engineering,  School of Health and Human Sciences yoki Bachelor/Master of Information Technology kurslari uchun yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga o’qish kursi tamom bo’lgunicha har yili 8000 Avstraluya dollari (taxminan 5490 AQSh dollari) miqdorida stipendiya berib boriladi. O’qish to’lovi haqida

Talablar:

  • Nomzod xorijlik talaba bo’lishi va jinsi ayol bo’lishi kerak.
  • Nomzod STEM bakalavr yoki keyingi bosqich kurslaridan biriga to’liq stavka (full-time) asosida o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi va qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod 12 yillik ta’lim olganlik shahodatnomasi yoki diplomiga ega bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va kamida IELTS 6.5 sertifikatiga ega bo’lishi zarur. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avval bakalavr yoki magistratura kursiga ariza berish zarur. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish jarayoni Southern Cross universitetining turli kampuslarida turlicha bo’lishi mumkin. Batafsil jarayon haqida bu yerda o’qing.
  2. Ariza berilgach, ushbu ariza shaklini yuklab olib, to’ldirilgan holda intapps@scu.edu.au elektron manziliga yuboring. Grantga arizalar 2020-yil 30-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Southern Cross University’ga murojaat qilish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!