×

Avstraliyada 26 haftalik stajirovka dasturi; 2 200 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

21.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2443 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti hamda Avstraliyaning Pert shahrida joylashgan RaptorTech tashkiloti telekommunikatsiyalar muhandislari va kompyuter fanlari mutaxassislarini Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur RaptorTech tashkilotining LoRaWAN tarmogʻida ishlash imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchilar internet tarmogʻi va korporativ tizimda ish olib borishlari kutilmoqda. Dastur 2019-yil 1-avgust va 2020-yil 1-fevral oraligʻida 26 hafta davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Telecommunication Engineering, Computer Sciences mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 26 hafta davomida oylik 2 200 AQSh dollar stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • 18 dan 30 yoshgacha nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod Computer Sciences boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod RaptorTech tashkilotining LoRaWAN tarmogʻida ishlashi kutilmoqda. Shu sababli u Microsoft SQL Server, C, WAN (Wide Area Network), LAN (Local Area Network), Database Design dasturlarida ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod viza olishi lozim. Viza soʻrovi uchun: shu yerga murojaat qiling.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 21-iyungacha. Hujjat topshirish uchun ariza onlayn tarzda toʻldirilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.

Hujjatlar tarkibi:

Onlayn toʻldirilgan ariza. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilib tizimga yuklanadi:

  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi topshiriladi.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar tizimga yuklanadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang! Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda  tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat yoki aiesec.uwa@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!