Avstraliyaning Kuinslend universiteti huquqshunoslik bo’yicha magistratura dasturiga arizalarni qabul qiladi
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qimoqchi bo'lganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi uch semestrgacha bo’lgan o’qish xarajatlarini to’liq qoplaydi. Mazkur grant dasturiga talabaning yashash xarajatlari, turar-joy va safar xarajatlari kirmaydi va bu xarajatlarni talaba o’z hisobidan qoplashi lozim.
Talablar:
Kim uchun:
Grantga arizalar ko’rib chiqilishi uchun nomzod Kuinslend universiteti huquqshunoslik maktabiga magistratura dasturiga qabul qilingan bo’lishi lozim;
Grant nozmodning akademik va boshqa yutuqlariga qarab beriladi;
Grant dasturi faqat xalqaro talabalarga taklif qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza to’ldirish tartibi:
- Kuinsland universitetiga magistratura darajasi uchun belgilangan arizani SHU YERDA to’ldirib, applicationstatus@uq.edu.au manzilga yuborasiz.
- Shunda sizga Kuinslend universitetidan student nomeringizni yuborishadi.
- Biznes, Iqtisodiyot va Huquq fakultetining xalqaro talabalar uchun grant dasturi ariza shaklini SHU YERDA to’ldirib, scholarships@bel.uq.edu.au manziliga yuborasiz.
2016-yilning 1-semestridan boshlandagan dastur uchun ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 30-noyabr. Grant dasturi bilan bog’liq ko’p berilgan savollar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.