×

Avstriya: Fizika bo`yicha amaliyot uchun yillik 21 000 yevro grant; yo`l va sayohat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1857 marta

Avstriyaning University of Vienna – Vena Universiteti Ongoing VDS-P Open Call for PhD Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur universitetdagi The VDS program in Physicsda eksperimental, nazariy va hisoblash bo`yicha tadqiqotlar olib borish uchun beriladi. Amaliyot dasturi fiziklarning 22 ta turli tadqiqot guruhlari loyihalarida ishlashi uchun mo`ljallangan. Dastur to`rt yilgacha moliyalashtirladi. Grant yutib olgan nomzodlar yuqori bilimli va salohiyatli, fizika sohasida tadqiqotlarda qatnashgan, ilmiy ish olib borayotgan bo`lishi talab etiladi.

Grant kimlar uchun?

Fizika bo`yicha yosh olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. To`rt yilgacha har yiliga soliq va boshqa to`lovlardan tashqari 21000 yevro maosh beriladi.
  2. Fizika laboratoriyalarida ilmiy tadqiqotlarga nazariy va amaliy tayyorgarlik ko`rish imkoniyati yaratiladi.
  3. Zamonaviy texnologiya bilan ta’minlanadi.
  4. Taniqli xalqaro olimlar bilan ishlash imkoniyati beriladi.
  5. Xalqaro konferensiya, seminarlarda qatnashish, sayohat qilish xarajatlari qoplanadi.
  6. Yozgi maktab va simpoziumlarda bepul ishtirok etish mimkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod fizika bo`yicha magistr/PhD darajasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitet doktoranturasiga o`qishga kirishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va a’lochi bo`lishi zarur.
  • Nomzod fizika bo`yicha chuqur bilim, ko`nikma va malakaga ega bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish uchun avval universitet doktoranturasiga o`qishga kirish kerak. Keyin alohida grantga qriza beriladi. O`qish va dastur uchun aniq dedlayn yo`q – hujjatlarni yil davomida topshirish mumkin. Ayni vaqtda 2019-yil 16-aprel holatiga eng yaqin taxminiy dedlayn2019-yil iyun. Birinchi saralashdan o`tgan nomzodlar bilan suhbat o`tkaziladi.

Universitet doktoranturasiga hujjat topshirish tartibi bilan: SHU YERDA tanishing.

Grantga ariza topshirish. Grantga onlayn tarzda ariza to`ldirish va so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natish kerak.

Topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida yozilishi kerak. Bu tillarda bo`lmagan hujjatlarni ulardan biriga tarjima qilish va notarial tasdiqlash lozim.

Nomzodlarni saralash ularning ilmiy salohyati, a’lo baholari, tadqiqot ishlari, grantlarda ishtiroki, taqdim etgan loyiha mavzusining dolzarbligi kabi mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Natijalar hujjat topshirish va suhbat o`tkazilgandan keyin tez fursatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: Boltzmanngasse 5
A-1090 Vienna
Telefon: +43-1-4277-512 04
Elektron pochta: vds-physics@univie.ac.at

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!