×

Avstriya: haq to’lanadigan 3 yillik PhD tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1504 marta

Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Vena Texnologiya Universiteti hozir QS jahon universitetlari reytingida top 200 talikka kiritilgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu universitet tadqiqotchilari tomonidan olib borilayotgan, Vena Fan va Texnologiya Fondi tomonidan moliyalashtirilgan  Structural and Algorithmic Aspects of Preference-based Problems in Social Choice tadqiqot dasturida PhD tadqiqotchi talabasi lavozimida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dasturning moliyaviy byudjeti 1.599.620 yevroni tashkil etadi. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchi talaba professor-assistant Jiehua Chen bilan birgalikda ish olib borishi rejalashtirilgan. Tadqiqot loyihasi haqida batafsil ma’lumot bu yerda ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD kursida o’qishni xohlovchi, algoritmlar tuzish, diskret matematika va/yoki hisoblash murakkabligi bo’yicha kuchli bilimga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PhD lavozimiga qabul qilingan tadqiqotchi talaba bilan 3 yillik shartnoma tuziladi va unga haq to’lanadi. Dasturga qabul qilingach, tadqiqot jarayoni shu zahoti boshlanishi mumkin. Tadqiqotning boshlanish sanalari keyinchalik kelishib olinadi.

Talablar:

Ingliz tilini a’lo darajada biladigan, algoritmlar tuzish(shu jumladan parametrlangan algoritmlar va yaqinlashish algoritmlari kabilar), hisoblash murakkabligi va / yoki diskret matematika kabi sohalarda chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislar murojaat etishlari mumkin. Aynan qaysi sohada tahsil olgan mutaxassislar dasturga qabul qilinishini ta.ca.neiwut@nehc.auheij elektron manziliga murojaat qilib aniqlashtirish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

 Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Motivatsion xat. Bu xatda nomzodning tadqiqot yo’nalishi va faoliyati ham ko’rsatilishi kerak
  • Magistratura bosqichida qilingan tadqiqot tezisi
  • Nomzod o’rgangan va o’qigan barcha fanlar va olingan baholar ro’yxati.

Yuqoridagi hujjatlar yagona PDF hujjat sifatida jamlanib, Jiehua Chenga ta.ca.neiwut@nehc.auheij elektron manziliga 2020-yil 31-iyulgacha yuborilishi zarur. Qo’shimcha ma’lumot va savollar bilan ham shu manzilga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!