×

Avstriya: magistratura uchun to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

4398 marta

Avstriya poytaxti Vena shahrida joylashgan Vena Texnika Universiteti (Technische Universität Wien) Mantiq va Hisoblash (Logic and Computation) yo’nalishi bo’yicha magistratura kurslariga ajratilgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu dastur tarkibiga bir necha xil grant va stipendiyalar kiradi. Universiteting iqtidorli talabalarga stipendiya va grantlar ajratishdan maqsadi ularni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy yordam dasturi doirasida br neсha xil grantlar mavjud bo’lib, talabaga magistratura kursi tugagunicha (2 yil) yiliga taxminan 6000 yevro miqdoridagi stipendiya beriladi. Dastur tarkibidagi Helmut Veith stipendiya dasturi asosida grant yutgan bir nafar talaba (ayol) esa o’quv kontraktidan butunlay ozod qilinadi. Magistraturada o’qish chog’ida tadqiqot ishlariga yordam berish istagidagi ikkinchi kurs talabalari uchun oyiga taxminan 430 yevro miqdoridagi Research Fellowship stipendiya dasturi mavjud.

Talablar:

Vena universiteti moddiy yordam dasturi grantlaridan birini yutib olish uchun talabalar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod Informatika (Computer sciences) yoki Matematika yo’nalishida bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod informatika, mantiq, algoritmlar, sun’iy ong asoslari, kompyuter xavfsizligi, murakkablik nazariyasi va rasmiy tekshirish usullari (formal methods and verification) sohalarini tushunishi va ularga qiziqishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  4. Nomzodga grant berilishi uchun u Logic and Computation magistratura kursiga o’qishga kirgan bo’lishi kerak, shuning uchun grantga ariza berishdan oldin nomzod kursga o’qishga ariza berishi va qabul qilinishi zarur. Kursga va grantga alohidadan ariza beriladi va biriga qabul qilinish nomzodni ikkinchisiga ariza berishdan ozod qilmaydi.
  5. Nomzod grant berilgandan keyin a’lo baholarga o’qishi kerak bo’ladi. Grant yutgan talaba birinchi kursdan ikkinchi kursga o’tayotganda kamida 30 ECTS to’plashi kerak.
  6. Grant yutgach, talaba o’qish muddati davomida Avstriyada yashashi zarur. Stajirovka yoki o’quv safarlariga ketish zarur bo’lsa, buning uchun ruhsat olish kerak bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ariza bermoqchi bo’lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni bitta PDF hujjatga joylab, master@logic-cs.at  elektron manzilga 2018-yil 30-noyabrdan kechiktirmay jo’natishlari zarur:

  1. Biriktirilgan xat (cover letter). Bu xatda nomzod grant beruvchi bilishi muhim hisoblangan hamma ma’lumotlarni jamlashi zarur, jumladan, qanday grant olmoqchi ekanligini ham yozishi kerak.
  2. CV.
  3. Motivatsion xat. Bu xatda nomzod nega Logic and Computation kursini tanlagani, nima uchun moddiy yordamga muhtojligi hamda o’qish davomida fakultetning qaysi guruhlari bilan ishlashni xohlashini ko’rsatib o’tishi zarur.
  4. Baholar.
  5. Barcha diplomlar. Agar nomzod hali o’qishni tamomlamagan bo’lsa universitetdan u o’qiyotgan kurs va u qachon tugashi haqida ma’lumot ko’rsatilgan, imzo va muxr qo’yilgan hujjat olinib, shu hujjat topshirilishi kerak.
  6. Ikkita tavsiya beruvchi haqida ma’lumot (references).
  7. Ingliz tili imtihoni sertifikati (TOEFL yoki IELTS kabi)
  8. Passport nusxasi.

Agar hujjatlar ingliz yoki nemis tilida bo’lmasa, shu tillardan biriga qilingan rasmiy tarjimalar ilova qilinishi zarur.

Magistratura kursi uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati 2018-yil 5-fevral (yozgi semestr uchun).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!