×

Avstriya Milliy Bankida tadqiqot olib borish uchun 10000 yevrogacha grant


Grant

MUHLAT

31.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1130 marta

Avstriyada tadqiqot o’tash uchun Klaus Liebscher Economic Research Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Avstriya Markaziy Banki (The Oesterreichische Nationalbank) Iqtisodiy Tahlil va Tadqiqot bo’limida olib boriladigan tahlil va tadqiqot ishlariga o’z malakalari orqali ijobiy hissa qo’sha oladigan tajribali, iqtidorli va bilimli mutaxassislar uchun mo’ljallangan. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchi o’z sohasi eksperti sifatida bankdagi tadqiqot ishlarida qatnashishi va konsultatsiya berishi nazarda tutilgan. Dastur 3 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Iqtisodiyot va moliya ekspertlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchi mutaxassislarga 3 oylik muddat uchun umumiy miqdori 10000 yevrogacha konsultatsiya haqi to’lanadi.

Talablar:

  1. Nomzod iqtisodiyot va/yoki moliya sohasida PhD yoki shunga tenglashtirilgan darajaga ega bo’lishi shart.
  2. Nomzod ilmiy maqolalar chop ettirgan bo’lishi, ma’lum tadqiqot muassasasida ish olib borayotgan bo’lishi va kuchli bilim hamda tajribaga ega bo’lishi kerak.
  3. Ariza topshirish vaqtida nomzod tadqiqot muassasasida ishlashini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod ilgari bu dasturda ishtirok etmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  • Motivatsion xat
  • Konsultatsiya loyihasi
  • Nomzod hozir olib borayotgan tadqiqot mavzu va loyihalari haqida ma’lumot
  • CV
  • Nashrlar ro’yxati
  • Tavsiyanoma berishga tayyor 2 nafar shaxsning ismlari
  • Nomzodning daromadi haqidagi hujjat
  • Nomzodning ish joyidan nomzod Avstriya Milliy Banki konsultatsiya tadqiqot dasturida ishtirok etishiga rozilik (bu keyinchalik muammo keltirib chiqarmasligini tasdiqlab yozilgan) xati.

Barcha hujjatlar yagona PDF hujjatga birlashtirilib, 2020-yil 31-oktyabrga qadar scholarship@oenb.at elektron manziliga yuborilishi kerak.

Ma’lumot uchun scholarship@oenb.at elektron manziliga murojaat qiling.Ariza topshirish oldidan dastur nizomi bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!