×

Avstriya: Turizm sohasida barcha xarajatlari qoplanadigan 8 oylik kurs!


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3790 marta

Avstriyaning Salzburg shahridagi The Institute of Tourism and Hotel Management oliygohi Hospitality Management va Tourism Management yo’nalishlariga qiziqadigan, shu soha bo’yicha faoliyat olib borayotgan yoshlarni o’zining ITH Scholarships for Developing Countries grant dasturida qatnashib soha bo’yicha diplomni qo’lga kiritish, karyeralarini boshlash uchun qimmatli bilim va tajriba to’plashga taklif etadi. Ushbu grant dasturi 2019-yil oktabrda boshlanadigan 8 oylik  kurslarga qabul qilingan, rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatiga kiruvchi  mamlakatlardan bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan xorijlik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida jami 30 nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Hospitality Management va Tourism Management sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Talabaning kontrakt puli to’liq qoplanadi
  2. Sug’urta to’lovlari to’lab beriladi
  3. G’olibga kundalik xarajatlar uchun oylik 205 yevro miqdorida stipendiya ajratiladi
  4. Talabaga dushanbadan juma kuniga qadar bepul tushliklar beriladi (Meals from Monday-Friday)

Grant quyidagilarni o’z ichiga olmaydi:

  1. Turar joy (butun o’qish davri davomida bunga tahminan 1 612 yevro sarflanadi).
  2. Talaba shanba-yakshanba hamda bayram kunlari o’z hisobidan ovqatlanishi kerak.
  3. Talabaning ona yurtidan Salzburg shahriga borich va qaytish uchun aviachipta.
  4. Viza xarajatlari.
  5. ITB Berlin safari xarajatlari (safar xarajatlari uchun tahminan 290 yevro sarflanadi).
  6. Boshqa shaxsiy xarajatlar.

Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodga beriladi:

  1. Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor)
  2. Nomzod 18 yoshdan katta va 35 yoshdan kishik bo’lishi kerak
  3. Nomzod kamida 12 yillik ta’lim olgan bo’lishi kerak
  4. Nomzod Hospitality Management yoki Tourism Management sohasida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak;

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun ariza shakli to’ldiriladi hamda talab qilingan boshqa hujjatlar bilan birga ITH oliygohiga pochta orqali yuboriladi. 2019-yilning 1-oktabrida boshlanadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 1-mayiga qadar topshirilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. 12 yillik ta’lim olganlik haqidagi diplom/attestat/guvohnoma.
  3. Baholardan ko’chirma.
  4. Shu sohada orttirilgan kamida 1 yillik ish tajribasi.
  5. Boshqa amaliyot dasturlarida qatnashganlik haqidagi sertifikatlar (agar mavjud bo’lsa).
  6. CV yoki rezyume.
  7. Tavsiyanoma (hozirgi ish joyidan).
  8. Tug’ilganlik haqodagi guvohnoma nusxasi.
  9. Passport nusxasi.
  10. Ingliz tili sertifikati. (kamida B2 darajada).
  11. 3 ta esse (esse savollari ariza shaklida berilgan). Batafsil

Hujjatlarga qo’yilgan talablar

Grant dasturiga topshiriladigan hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

  1. Arizaning hamma bo’limlari to’ldirilgan bo’lishi kerak (to’liq bo’lmagan arizalar qabul qilinmaydi)
  2. Talab qilingan barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur
  3. Arizada keltirilgan ma’lumotlarning barchasi haqqoniy bo’lishi hamda ariza ingliz/nemis tilida to’ldirilishi zarur
  4. Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida bo’lishi, ingliz/nemis tilida bo’lmagan hujjatlarning asl nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak
  5. Ro’yxatda so’ralmagan hujjatlarni, hujjatlaringizning original nusxasini jo’natmang
  6. Arizada berilgan kontakat raqamlari va email manzillarning to’g’riligiga, doim tekshirib turilishiga e’tibor bering
  7. Arizaning grammatik hamda stilistik jihatdan to’g’ri to’ldirilganligiga ahamiyat bering
  8. Arizani jo’natishdan oldin undan nusxa ko’chirib oling.

Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Barcha hujjatlar ingliz/nemis tilida bo’lishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:

Institute of Tourism and Hotel Management
Klessheimer Strasse 4, 5071
Siezenheim, Austria

Universitetga hujjat topshiruvchilarning soni juda ko’pligini hisobga olgan holda hujjat topshirish faqat pochta orqali amalga oshiriladi. Hujjatlarning o’z vaqtida yetib borishiga nomzodning o’zi javobgar hisoblanadi. Kechikib yetib kelgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti yoki grant haqidagi ma’lumotnomadan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +43 (0)662 851263 – 11

Fax: +43 (0)662 851263 – 25

E-Mail: office@ith-salzburg.at

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!