×

Avstriya universitetlarida aniq va ijtimoiy fanlar bo’yicha Ernest Mach grantlari


Grant

MUHLAT

01.03.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

2525 marta

Chet ellik talabalarga Avstriya universitetlarida aniq va ijtimoiy fanlar bo’yicha o’qish uchun Ernest Mach grantlari taklif etiladi.

Talabalar quyidagi sohalar bo’yicha o’qishlari mumkin:

Iqtisodiyot/Biznes, Turizm, Iqtisodiyot va texnologiya, Texnologiya/Biotexnologiya, Media va Dizayn, Meditsina va ijtimoiy muammolar. O’qish yo’nalishlari haqida to’liq ma’lumot:  SHU YERDA.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRLIK TALABALARI YOKI BAKALAVRLIKDA KAMIDA 4 SEMESTR O'QIGANLAR

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Oyiga 940 yevro stipendiya;
  • Sog’liq va baxtsiz hodisalardan himoyalovchi sug’urta va uy-joy ijarasini qoplash uchun mablag’
    • Zarurat bo’lsa, tibiby sug’urta Avstriya davlatining Ta’lim bo’yicha xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan qoplanadi.
    • Avstriya davlatining Ta’lim bo’yicha xalqaro hamkorlik agentligi uy-joy topib berishda ko’maklashadi va 220 yevrodan 470 yevrogacha oylik ijara haqi beradi. Uy-joy topib bergani uchun talabalar agentlikka har oy 18 yevro ma’muriy to’lov to’laydi. Sug’urta va ijara haqi talaba tomonidan to’lanadi.
  • Grant o’luvchi o’qish xarajatlaridan ozod etiladi.
  • Yevropadan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan talabalarga 730 yevrogacha qo’shimcha yo’l puli beriladi.

Talablar:

  • Grantga qabul qilinayotgan vaqtda arizachilar magistratura bosqichida o’qiyotgan yoki kamida bakalavr bosqichining 4 semestrini muvaffaqiyatli bitirgan bo’lishi kerak;
  • Ro’yxatda ko’rsatilgan davlatlardan birida o’qiyotgan bo’lishi kerak – Ro’yxatda O’zbekiston ham bor. (To’liq ro’yxat: SHU YERDA)
  • Ariza topshirish vaqtida  35 yoshdan oshmagan bo’lishi kerak;
  • Arizachilar ariza topshirayotgan vaqtning oxirgi olti oyi davomida Avstriya davlatida hech qanday ilmiy ish qilmagan yoki o’qimagan bo’lishi kerak;
  • Ingliz yoki nemis tilni yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2015-yil 1-martgacha topshirilishi kerak. Hujjatlar INTERNET orqali SHU YERDA topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:   

  • Arizachi tahsil olayotgan universitet o’qituvchilaridan ikkita tavsiyanoma;
  • Tahsil olayotgan oliy o’quv yurti Avstriya unversitetida topshirilgan imtihon natijalarini tan olishini tasdiqlovchi hujjat;
  • Avstriyadagi universitet talabani o’qishga qabul qilgani haqidagi xat;
  • Pasportdan (nomi va rasmi bor varog’i) nusxa;
  • Oliy o’quv yurtida shu paytgacha olingan darslarning baholar varaqasidan nusxa;

Qabul qilingan talabalar 2015/2016-o’quv yilida Avstriya universitetlarida bir semestr yoki bir yil (4 oydan 10 oygacha) ta’lim oladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!