×

Avstriya: Xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab


Grant

MUHLAT

15.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3813 marta

Agar sizni ijtimoiy turar-joylarning kelajagi va uni yaxshilash qiziqtirsa, Avstriyaning Vena shahrida 2018-yildan 2022-yilgacha har yil o’tkazilishi mo’ljallanayotgan “ResearchLab New Social Housing” yozgi maktabiga hujjat topshiring! Yozgi maktabda qatnashish jarayonida barcha harajatlaringiz qoplanadi, sizda esa sohalarining ustalari hisoblangan yetuk olimlar boshchiligida, o’zingiz kabi tatqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati paydo bo’ladi. Yozgi maktab davomida ma’ruzalar, seminarlar va boshqa mashg’ulotlarda qatnashib o’z loyihangizni tayyorlaysiz. Yozgi maktab 2018-yilning 17-23-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Tatqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktab uchun saralab olingan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Avstriyaga borish uchun 500 yevrogacha transport xarajatlari,
  2. Turar-joy va yashash xarajatlari.
  3. Yozgi maktab so’nggida g’olib deb topilgan loyiha tashkilotchilarning ResearchLab New Social Housing loyihalari royxatiga kiritiladi.

Talablar:

Hujjat topshirish uchun hozirda doktorlik dissertatsiyasi yoki boshqa maqsadda izlanish olib borayotgan tatqiqotchi bo’lishingiz kerak. Soha, OTMga a’zolik va boshqa jihatlar ahamiyatga ega emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Yozgi maktabga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni iba-researchlab@univie.ac.at elektron manziliga 2018-yil 15-maydan kechiktirmay jo’nating:

  1. O’zingiz olib borayotgan tatqiqot yoki dissertatsiya haqida qisqacha ma’lumot (ko’pi bilan 2 sahifa),
  2. Tarjimai hol (ko’pi bilan 1 sahifa).

Eslatmalar

  • Saralash natijalari 2018-yil 31-mayda e’lon qilinadi.
  • Agar saralashdan o’tsangiz, o’zingiz olib borayotgan tatqiqotning to’liq variantini ham (ko’pi bilan 7000 so’z) 2018-yil 15-avgustgacha taqdim etishingiz kerak bo’ladi.
  • Ma’lumot uchun: http://iba-researchlab.at, iba-researchlab@univie.ac.at.
  • Dastur haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!