Vena texnika universiteti (Technische Universität Wien) dagi magistrlik dasturlaridan birida o’qish Helmut Veith Master Stipend grant dasturi e’lon qilindi. Ushbu dasturga faqat xotin-qizlardan arizalar qabul qilinadi. Dastur maqsadi – kompyuter fanlari (Computer Sciences) sohasida ta’lim oluvchi xotin-qizlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash va ularning professional rivojlanishiga ko’mak berish.
Ushbu grant asosida o’qish ingliz tilida olib boriladi. Grantni quyidagi magistratura kurslari uchun yutish mumkin:
Master in Logic and Computation
• Master in Business Informatics
• European Master in Computational Logic
• Master in Computer Engineering (Technische Informatik)
• Master in Data Science
• Master in Media and Human-Centered Computing
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchi xotin-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatar bilan ta’minlanadi:
- 2 yillik magistratura dasturining kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
- Yiliga 6000 yevro miqdoridagi yilllik stipendiya bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:
- Dasturga faqat xotin-qizlardan arizalar qabul qilinadi.
- Nomzod kompyuter fanari, informatika, matematika sohasida yoki shunga yaqin sohada bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod tegishli magistrlik dasturlaridan biriga nisbatan kuchi qiziqishga ega bo’lishi va shu sohada bilimga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim – IELTS yoki TOEFL so’raladi.
- Nomzod Vena texnologiyalar universitetining yuqorida sanab o’tilgan magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirib, shartsiz ravishda qabul qilinishi lozim (Unconditional admit).
Dasturga qabul jarayoni:
Nomzod quyidagi hujjatlarni 2019-yilning 30-noyabridan kechiktirmasdan master@logic-cs.at elektron manziliga bitta PDF formatta topshirishi kerak:
- Yo’llanma xat (Cover Letter). Bunda nomzod grant dasturiga hujjatlarini topshirayotgani hamda grantga aloqador boshqa jihatlar qisqacha yoziladi.
- Motivatsiya xati. Bunda nomzod ushbu grantga nega hujjat topshirayotgani, grant tomonidan moliyalashtirilish nega kerakligi, universitetdagi qaysi fakultetda o’qishni xohlashi va nega aynan shu fakultetga qiziqishini yozib berishi kerak.
- Diplom ilovasidagi baholar (ingliz tiliga tarjima qilingan va notariusdan tasdiqlangan holda).
- Bakalavrlik diploma yoki bakaavrlik diplomiga muqobil sertifikat. Agar nomzod hali diplomga ega bo’lmasa, hujjat topshirish muhlati tugaguncha diplom berilishi haqidagi universitet ma’lumotnomasini topshirsa bo’ladi.
- Tavsiyanoma berish uchun ikkita referening kontaktlari.
- IELTS yoki TOEFL sertifikati.
- Pasport nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi lozim.