×

Avstriya – xotin-qizlar uchun to’liq grant va 6000 yevro yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

10407 marta

Vena texnika universiteti (Technische Universität Wien) dagi magistrlik dasturlaridan birida o’qish Helmut Veith Master Stipend grant dasturi e’lon qilindi. Ushbu dasturga faqat xotin-qizlardan arizalar qabul qilinadi. Dastur maqsadi – kompyuter fanlari (Computer Sciences) sohasida ta’lim oluvchi xotin-qizlarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash va ularning professional rivojlanishiga ko’mak berish.

Ushbu grant asosida o’qish ingliz tilida olib boriladi. Grantni quyidagi magistratura kurslari uchun yutish mumkin:

   Master in Logic and Computation
• Master in Business Informatics
• European Master in Computational Logic
• Master in Computer Engineering (Technische Informatik)
• Master in Data Science
• Master in Media and Human-Centered Computing

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturga qabul qilingan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatar bilan ta’minlanadi:

  • 2 yillik magistratura dasturining kontrakt puli to’liq to’lab beriladi;
  • Yiliga 6000 yevro miqdoridagi yilllik stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Dasturga faqat xotin-qizlardan arizalar qabul qilinadi.
  • Nomzod kompyuter fanari, informatika, matematika sohasida yoki shunga yaqin sohada bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod tegishli magistrlik dasturlaridan biriga nisbatan kuchi qiziqishga ega bo’lishi va shu sohada bilimga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilida qiyinchiliksiz muloqot qila olishi lozim – IELTS yoki TOEFL so’raladi.
  • Nomzod Vena texnologiyalar universitetining yuqorida sanab o’tilgan magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirib, shartsiz ravishda qabul qilinishi lozim (Unconditional admit).

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod quyidagi hujjatlarni 2019-yilning 30-noyabridan kechiktirmasdan master@logic-cs.at elektron manziliga bitta PDF formatta topshirishi kerak:

  • Yo’llanma xat (Cover Letter). Bunda nomzod grant dasturiga hujjatlarini topshirayotgani hamda grantga aloqador boshqa jihatlar qisqacha yoziladi.
  • Motivatsiya xati. Bunda nomzod ushbu grantga nega hujjat topshirayotgani, grant tomonidan moliyalashtirilish nega kerakligi, universitetdagi qaysi fakultetda o’qishni xohlashi va nega aynan shu fakultetga qiziqishini yozib berishi kerak.
  • Diplom ilovasidagi baholar (ingliz tiliga tarjima qilingan va notariusdan tasdiqlangan holda).
  • Bakalavrlik diploma yoki bakaavrlik diplomiga muqobil sertifikat. Agar nomzod hali diplomga ega bo’lmasa, hujjat topshirish muhlati tugaguncha diplom berilishi haqidagi universitet ma’lumotnomasini topshirsa bo’ladi.
  • Tavsiyanoma berish uchun ikkita referening kontaktlari.
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati.
  • Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshirilishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!