×

Avstriya: Xotin-qizlarga magistratura uchun to’liq grant; yillik 6000 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3115 marta

Avstriyaning The Vienna Center for Logic and Algorithms (VCLA) talabalardan Helmut Veith Stipend dasturiga arizalar qabul qilmoqda. VCLA  Technische Universität Wien – TU Wien (Vienna University of Technology) tashabbusi bilan tashkil etilgan. Grant universitetning informatika sohasida magistratura bosqichini o`qishni xohlagan xotin-qizlar uchun mo`ljallangan. Grant ikki yil muddatga universitetning ta’lim ingliz tilida olib boriladigan quyidagi magistratura kurslarida o`qish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda o`qish uchun kontrakt to`lovi bir semestrga 726,72yevro, bir o`quv yiliga esa 1 453,44 yevroni tashkil etadi.  

Grant yutib olgan nomzodlarga ikki yil muddatga kontrakt puli to`liq qoplanadi va yillik 6 000  yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod ayol kishi bo`lishi kerak.
  • Nomzod universitetning universitetning ta’lim ingliz tilida olib boriladigan informatika va hisoblash magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Ro`yxat yuqorida berilgan.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday bo`lishi kerakligi tanlangan yo`nalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod informatika yoki matematika bo`yicha bakalavr diplomi (birinchi Bolonya sikli darajasi) yoki ekvivalentiga ega bo`lishi kerak.
  • Nomzod semestriga 30 dan kamida 25 kredit (ECT) to`plashi kerak.
  • Nomzod o`qish tugaguncha Avstriyada yashashi zarur (stajirovka va loyihalar bo`yicha komandirovkalar bundan mustasno).

Barcha talablar bilan: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar TU Wien universitetining ta’lim ingliz tilida olib boriladigan magistratura kurslaridan biriga oʻqish uchun beriladi. Ro`yxat yuqorida ko`rsatilgan. Shuning uchun nomzod universitetdagi o`zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O`qishga va grantga hujjat topshirish bir vaqtda parallel tarzda kechadi. Ammo har ikkala jarayon alohida. Shuningdek, stipendiya yutib olish o`qishga qabul qilinish huquqini bermaydi.

O`qish hujjat topshirishga dedlayn qishki semestr uchun 5-sentabrgacha va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn 30-noyabrgacha. O`qishga hujjatlarni dedlayndan 10-12 hafta avval jo`natish kerak!

O’qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Shu yerda o`qishga kirish talablari berilgan. Batafsil tanishib chiqing.
  • Shu yerda o`qishga topshiriladigan ariza shakli ko`rsatilgan.
  • Kerakli hujjatlarni ilova qilib, topshiring.

Grantga ariza berish. Grantga hujjatlar dedlaynga qadar so`ralgan ma’lumotlar bilan ta.sc-cigol@retsam manziliga jo`natilishi kerak. Hujjatlarni bitta PDF faylga joylash lozim. Xatni “Application” deb nomlash zarur.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Cover Letter.
  • Curriculum Vitae.
  • Motivatsion xat.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • 2 ta taqrizchining kontakt ma’lumotlari (tavsiyanoma olish uchun).
  • Ingliz tili testi (CEFR C1 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot.

Hujjatlar nemis yoki ingliz tilida topshiriladi. Qo`shimcha ma’lumotlar: shu yerda.

Nomzodlar grantga informatika va hisoblash sohasiga oid bilimlari, aʼlo baholari, til bilish darajasi, intiluvchanligi va kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: ta.sc-cigol@retsam.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!