×

Avstriya: Yoshlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 6 kunlik yozgi maktab; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

3462 marta

Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (OSCE) o’zining navbatdagi, Vena (Avstriya) va Bratislava (Slovakiya) shaharlarida bo’lib o’tadigan OSCE Summer School’da qatnashish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Yozgi maktab xalqaro aloqalar, siyosat, huquqshunoslik, inson huquqlari, tabiatni muhofaza qilish va OSCE’ning boshqa dolzarb mavzulariga bag’ishlangan bo’ladi. Dastur 2019-yilning 14-19 iyul kunlari bo’lib o’tadigan kurslar uchun mo’ljallangan bo’lib, unga xalqaro aloqalar va tinchlikni saqlash sohasiga qiziquvchi 20 nafar qatnashchi qabul qilinadi. Yozgi maktabda bir qator kurslar, brifing, interaktiv vorkshoplar (workshop), ijtimoiy va madaniy tadbirlar tashkil etiladi.

OSCE Summer School haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Xalqaro aloqalar va tinchlikni saqlash sohasiga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Yozgi maktabda bepul tahsil olish
  • Bepul turar joy
  • Safar (borib kelish) xarajatlari uchun mablag’ ajratiladi.

Talablar:

  • Nomzod OSCE tashkilotiga a’zo davlat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  • Nomzod 27 yoshdan katta bo’lmasligi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur (magistratura bosqichida o’qiyotgan talabalar ham ariza bera oladilar).
  • Nomzod ingliz va rus tillarini yaxshi bilishi kerak ( ingliz tilidan C1 darajasi va rus tilidan B2 darajasi talab etiladi).
  • Nomzod xalqaro aloqalar, siyosat, huquqshunoslik, inson huquqlari, tabiatni muhofaza qilish va OSCE’ning boshqa dolzarb mavzulari bo’yicha tahsil olgan/olayotgan bo’lishi zarur.
  • Nomzod xalqaro aloqalar va tinchlikni saqlash masalalariga qiziqish bildirishi kerak.
  • Qatnashchilarni tanlashda jinslararo muvozanat, geografik joylashuv, nomzodlarning tajribasi kabi faktorlarga ham e’tibor qaratiladi. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar to’ldirilib, 2019-yil 15-mayga qadar summerschool2019@osce.org manziliga email orqali jo’natilishi kerak. Natijalar faqatgina g’olib ishtirokchilarga 2019-yil 31-maygacha e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Motivatsion xat (tahminan 1 sahifadan iborat).
  2. CV.
  3. Esse (“Promoting dialogue: a role for international organizations: analyse an example of your choice” yoki “Youth and security: where can the OSCE contribute?” mavzularida, ingliz tilida bo’lishi zarur).

Taqdim etilgan eng yaxshi esse uchun mukofot beriladi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki grant haqidagi qo’llanmadan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!