×

Avstraliya: bakalavriat uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

22.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5606 marta

Avstraliyada joylashgan Australian National University (ANU) oliygohining grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi shu universitetning Biznes va Iqtisodiyot fakulteti (CBE)da o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun mo’ljallagan. Grantlar o’qishga kontrakt asosida o’qishga kirgan eng a’lochi va iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish maqsadida beriladi. 2019-yilgi kurslar uchun 6 nafar talabaga grant berilishi rejalashtirilgan. CBE’da o’qitiladigan kurslar ro’yxat bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ANU bakalavr grantini yutib olgan talaba butun bakalavr kursi o’qish kontraktidan to’liq ozod etiladi. Grant har semestr to’lanadi. Grant yutib olgan talaba o’zini namunali tutishi va yaxshi baholarga o’qishi kerak bo’ladi, aks holda grant bekor qilinadi va/yoki talaba unga grant bekor qilingunchaa qadar to’lab berilgan grant mablag’ini qaytarishi kerak bo’ladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ANU Business&Economics School (CBE) bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod yuqori maktab, kollej yoki litseyda a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.

Bakalavr kursiga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod yuqori maktab, litsey yoki kollejni tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak (baholar kamida 83 % bo’lishi zarur).
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

bakalavr kursiga hujjat topshirishni unutmang. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish uchun bu yerdagi mavjud kurslar ro’yxati bilan tanishib chiqib, o’zingizni qiziqtirgan kurs sahifasiga kirib ariza berishingiz mumkin.

Bakalavr kurslari nizomi

Grant nizomi

Ma’lumot uchun scholarships.cbe@anu.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!