×

AYF Fellowship Program: Bakalavriat yoki magistraturani tamomlaganlar uchun Yapooniyada 9 oylik amaliyot


Grant

MUHLAT

31.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3711 marta

AYF Fellowship Program –  Awaji Youth Federation tomonidan tashkil etilgan ish-amaliyot dasturi boʻlib, jamiyatdagi mavjud muammolarga yechim topish, dunyo boʻylab salohiyatli yoshlarni bir joyga jamlash va oʻzaro madaniy aloqa almashishni maqsad qilgan.

Dastur ishtirokchilari Yaponiyaning Avaji orolida, Manabi no Sato shahrida 9 oy davomida amaliyot oʻtaydilar. Amaliyotchilar dastur davomida tajribali mutaxassislar tomonidan tashkil qilinuvchi maxsus leksiyalar va turli loyihalarda ishtirok etishadi. Ularga faoliyati davomida maxsus mentorlar biriktiriladi va loyihalarini amalga oshirishda amaliyotchilarga oʻzlarining maslahatlarini berib boradi. Dastur 2023-yil sentybr oyidan boshlanadi.

Dastur 3 ta asosiy mavzu doirasida tashkil etiladi. Bular:

  • Leadership and management
  • Innovation and Intrapreneurship
  • PR and Marketing

AYF Fellowship amaliyoti davomidagi maxsus dasturlar va mashgʻulotlar bilan batafsil BU YERDA tanishingiz mumkin.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ishtirokchilar chegirmali narxlarda yapon tili kurslariga qatnashishi kerak boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat yoki magistraturani bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dastur davomida Pasona Group Inc kompaniyasi tomonidan ishga olinadi.
  • Oyiga 197 000 JPY (taxminan 1478 AQSH dollari) miqdorida oylik maosh toʻlanadi. Bundan hukumat soliqlari, pensiya va sugʻurta toʻlovlari, shuningdek, yapon tili darslari badali chegirib qolinadi.
  • Haftasiga 5 kun davom etadigan amaliyot va oʻquv dasturida ishtirok etiladi.
  • 6 oydan keyin 10 kunlikhaq toʻlanadigan taʼtil olish mumkin.
  • Bepul turarjoy taʼminlanadi. Turar joydagi kommunal xizmatlar va Wi-Fi tarmoq haqida ham toʻlab beriladi.

ESLATMA: Pasona kompaniyasi ish kunlarida amaliyotchilarga chegirmali oziq-ovqat taklif qiladi. Lekin bu ovqatlar barcha ishtirokchilarning ovqatlanish diyetasiga mos keladi, deb kafolat berilmaydi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod 24-30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Bakalavriat yoki magistraturani tugatgan boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilini TOEIC 800 (taxminan IELTS 7) yoki unga teng daraja bilish talab qilinadi (ham yozma, ham ogʻzaki jihatdan), lekin til sertifikatiga ega boʻlish majburiy emas.
  • Yapon tili majburiy boʻlmasa-da, uni bilish (JLPT N1-N3) afzallik beradi.
  • Jamiyatdagi muammolarni hal qilish va loyihalarga hissa qoʻshishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Mehnatkashlik, kuchli intizom va boshqalarga gʻamxoʻrlik bilan birga moslashuvchanlik, qatʼiyatlilik va chidamlilik kabi xislatlarga ega boʻlishi kerak
  • AYF Global hamjamiyatiga aʼzo bo’lgan va bu boʻyicha tajribaga ega nomzodlarga afzallik berilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2023-yil 31-mayga qadar onlayn ariza topshirishi zarur. Ariza topshirish uchun avval Awaji Youth Federation aʼzolik uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish kerak. Shundan soʻng sizga email orqali dasturga uchun ariza shakli yuboriladi va uni toʻldirib, topshirasiz. Ariza topshrishda CV yuklash ham soʻraladi.

Saralangan nomzodlar bilan 2023-yil iyun-iyul oylarida ZOOM platformasi orqali intervyu boʻlib oʻtadi.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan info@awaji-youth-federation.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!