×

Awake Tourism Challenge: Turizm sohasiga oid startaplar tanlovi!


Grant

MUHLAT

15.10.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2366 marta

Insoniyat boshiga tushgan global inqirozlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan soha bu turizm bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, turizm barqarorlikni saqlab kelmoqda. Endilikda turizmda jadallashgan raqamli transformatsiya va texnologiyani sayyohlik bilan uyg‘unlashtirishga harakat qilinmoqda va buning uchun yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi yordamchilar zarur.

Shu sababli, UNWTO manfaatdor tomonlarni birgalikdagi  harakat qilishga chorlaydi va BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari boʻyicha ishlayotgan eng innovatsion startaplarni  topishga qaratilgan “Awake Tourism Challenge» tanlovini eʼlon qilgan.

Tanlovda quyidagi 6 ta kategoriyaning bittasi yoki bir nechtasini qamrab oluvchi startaplar bilan qatnashish mumkin:

  1. Local community involvement (Mahalliy hamjamiyat ishtiroki).
  2. Green and blue economies (Yashil va moviy iqtisodiyot).
  3. Ecological and Sustainable Capital Creation (Ekologik va barqaror kapital yaratish).
  4. Tourism Tech for Good (Ezgullika xizmat qilgan turizm texnologiyasi).
  5. Tourism education (Turizm ta’limi);
  6. Women Empowerment (Ayollar imkoniyatini oshirish);

Kategoriyalar bilan batafsil bu yerda (Categories) tanishib chiqing.

Grant kimlar uchun?

35 yoshgacha barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda sovrindor boʻlgan startaplar uchun quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

  • UNWTO Demo Day’da taqdimot (pitch) bilan ishtirok etish Wakalua tomonidan moliyalashtiriladi (joy va mamlakat keyinchalik tasdiqlanadi).
  • Startaplar uchun joriy etish va rivojlanish imkoniyatlarini osonlashtiradigan YouNoodle platformasi orqali ariza.
  • 90 dan ortiq venchur kapitalistlari, yetakchi korporatsiyalar va 150 dan ortiq mamlakatlarga kirish imkoniyati.
  • UNWTO innovatsion tarmog‘iga a’zo bo‘lish imkoniyati.
  • Hamkorlar tomonidan tuzilgan murabbiylik va akseleratsiya dasturida ishtirok etish.
  • Boshlang‘ich startap kampuslariga a’zolik.
  • Xususiy sektor hamkorlari va institutlari bilan potentsial pilot loyiha.
  • Startaplar uchun potensial dastaklash mablagʻlari (seed funding).;
  • Les Roches Spark Innovatsion Markazida inkubatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, bunda  Kran-Montana shahrida 3 oylik turar joy bilan ta’minlanadi.

Lekin bu hammasi emas, g‘loblar uchun boshqa ko‘plab imtiyozlar ham joriy etiladi.

Talablar:

Nomzodlardan quyidagi mezonlarga javob berish talab etiladi:

  • Tabiatan inovatsion va barqaror bo‘lish.
  • Rivojlanuvchi bo‘ling: xalqaro o‘sish, korporatsiyalar va yo‘nalishlar (mamlakatlar, mintaqalar)da qo‘llash potentsialiga ega bo‘lish;
  • Dastlabki bosqichdagi yoki A seriyali startap bo‘lish.
  • Raqamli va texnologik elementlarni joriy etish yoki qabul qilishga qobiliyatli bo‘lish.
  • Qisqa muddatli tajribaga va biznes-rejaga ega bo‘lish.
  • 35 yoshgacha bo‘lgan kamida 2 kishidan iborat to‘liq vaqtli jamoaga ega bo‘lish (Gender muvozanati ham hisobga olinadi).
  • Innovatsiyalarning barcha usullari mamnuniyat bilan qabul qilinadi: texnologiya, ijtimoiy ta’sir va barqarorlik yechimlari.

Shuningdek, ishtorokchi-startaplar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG)ga qo‘shgan hissasi;
  • Startap bilan hamkorlik qilishning yutuqli tomonlari;
  • Potentsial biznes ta’siri;
  • Mahsulot/texnologiyaning yetukligi;
  • Jamoa va tashkilotning yetukligi;
  • Hamkorlikka tayyorlik;

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2022-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish va qabul jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Avvalo, ariza beradigan kategoriyangizni aniq qilib, u bilan tanishib chiqing.
  • Tanlov shartlari bilan BU YERDA batafsil tanishib chiqing.
  • Ingliz tilida chiroyli taqdimot (pitch) yarating (15 slayddan ko‘p bo‘lmagan).
  • Veb-sahifangizni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini va boshqa aloqa ma’lumotlari ro‘yxatini tuzing.
  • Ularning barchasi tayyor bo‘lgach, BU YERGA kirib, savollarni o‘qing va ingliz tilida ariza shaklini to‘ldirib, topshiring (CLICK HERE TO APPLY).

G‘olib startaplar 2022-yil 7-noyabrda e’lon qilinadi. 2022-yil dekabr oyida g‘oliblar o‘z taqdimotlarini namoyish qiladilar.

MUHIM: Tanlovga ariza topshirishdan avval RASMIY E’LON bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!