Umumiy ma’lumot:
Feysbuk stipendiya dasturi mahalliy va xalqaro nomzodlarni Feysbukka aloqador mavzularda ilmiy tadqiqot qilish uchun doktorantura dasturiga taklif etadi. Dasturga bir yilda 12 tagacha nomzod qabul qilinishi mumkin.
Kim uchun:
- Doktorantura talabalari;
- Ingliz tilida ilmiy tadqiqot olib bora oladigan nomzodlar.
Grant miqdori:
- O’qish xarajatlari;
- Yiliga 37 ming AQSh dollari miqdorida stipendiya;
- Ilmiy tadqiqotini taqdim qilish uchun Feysbuk bosh ofisiga safar xarajatlari;
- Ish haqi beriladigan amaliyot o’tash imkoniyati.
Ariza to’ldirish tartibi:
Arizalar onlayn tarzda SHU YERDA yoki elektron pochta orqali facebookfellowship@fb.com manziliga “Fellowship Program Application” sarlavhasi bilan yuborilishi lozim.
- Rezyume;
- Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalarning biri arizachining hozirgi ilmiy rahbaridan bo’lishi lozim. Tavsiyanomalar uni beruvchilar tomonidan ariza topshirishning so’nggi muhlatigacha topshirilishi lozim;
- Ikki betdan oshmagan ilmiy tadqiqot yo’nalishi va mavzusini bayon qiluvchi ilmiy tadqiqot taklifi (single-spaced, 12 point Times New Roman font, one (1) inch margins);
- O’qigan universitetlaridan baholar varaqasining nusxasi (majburiy emas).
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA