Girls Security loyihasi va International Security jurnali birgalikda ayol-qizlarning oʻz fikrini ifoda etishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida insholar tanlovi eʼlon qildi.
Xalqaro aloqalar, global va mintaqaviy xavfsizlik, harbiy va diplomatik tarixga oid barcha mavzularda insholar topshirilishi mumkin. Insho mavzulari va ularning mazmuni haqida alohida aniq koʻrsatma mavjud emas, nomzodlar oʻzlarini eng qiziqtirgan mavzular / narsalar haqida yozishi mumkin.
Umuman olganda, insholar quyidagi 4 ta keng turkumning biriga mos tushishi mumkin (biroq insho bittadan koʻp turkumga ham mos tushishi mumkin);
- Siyosat. Hozirda mavjud xavfsizlik siyosati muammolarini tahlil qiladi.
- Nazariya. Xalqaro munosabatlar va xavfsizlik tadqiqotlarini asosiy muammolar uchun taklif qiluvchi, sinovdan oʻtkazuvchi, ularni takomillashtiruvchi va qoʻllovchi insholar.
- Tarix. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik haqidagi fikrlash tarzimizga taʼsir qiluvchi tarixiy hodisalar haqidagi yangi maʼlumotlar yoki sharhlar taklif qiladigan maqolalar.
- Texnologiya. Xalqaro xavfsizlik masalalarining texnologik va ilmiy jihatlarini tahlil qiladi.
Tanlov 2 kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi:
- 14-18 yoshli maktab, kollej, litseydagi oʻquvchi qizlar kategoriyasi.
- 18-22 yoshli universitet yoshidagi yoki universitetda oʻqiyotgan qizlar kategoriyasi.
Grant kimlar uchun?
14-22 yoshli ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
- Har bir kategoriya boʻyicha 1 nafarda 1-oʻringa 600 AQSH dollari mukofot taqdim etiladi.
- 2-oʻrinlarga esa 200 AQSH dollari mukofot beriladi.
Talablar:
Tanlovda 14-22 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.
Topshiriladigan inshoga quyidagi talablar qoʻyilgan:
- Insholar ingliz tilida yozilishi kerak.
-
Uzunligi: 10-15 sahifa, 12 shriftda, 2 intervalda yozilishi kerak.
-
Bir xil iqtibos keltirish formatidan foydalanishi lozim (butun insho boʻylab bir xil ishlatilgan har qanday iqtibos keltirish formati qabul qilinadi). Iqtiboslarning boshqaga tegishli ekani munosib ravishda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
-
Bu xalqaro insholar tanlovi. Shu sababli, davlat, tashkilot va shu singarilarni ifodalashda “biz”, “ular” kabi jumlalardan foydalanmaslik kerak, balki aniq qilib yozish kerak (masalan, AQSH ittifoqchilar, Yaponiya iqtisodiyoti va h.k.).
-
Inshoga nom qoʻyilishi kerak.
-
Hammualliflikda yozish mumkin (hammualliflar soni 3 tadan koʻp boʻlmasligi kerak). Barcha hammualliflar nomzod uchun qoʻyilgan talablarga mos boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Insholar 2021-yilning 16-iyuliga qadar BU YERDA topshiriladi. Savollar yuzasidan contact@girlsecurity.org elektron pochtasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Quyidagilar insho mavzusiga misol boʻladi (lekin aynan shu mavzulardan biri boʻyicha yozish shart emas, boshqa mavzu boʻyicha yozsa ham boʻladi):
-
The causes and prevention of war
-
Great power politics
-
International relations theory
-
Civil wars, revolutions, and domestic repression
-
Terrorism and insurgency
-
Climate change and international relations
-
Human rights and international law
-
The foreign and defense policies of states
-
Regional security in Africa, Asia, Europe, North America, and South America
-
Transnational social movements and protest
-
Norms and ethics in international relations
-
Gender, race, and identity in international security
-
Diplomatic and military history
-
Cybersecurity, biosecurity, and defense technology
-
Political economy of security issues
-
Nuclear proliferation and non-proliferation
Insholar tanlovi boʻyicha maʼlumot beruvchi mashgʻulot videosini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing.