×

Ozarbayjon: bakalavriat va magistratura uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

05.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

7151 marta

Ozarbayjonda joylashgan ADA University oliygohining ADA International Fellowship Program grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi shu universitetdagi bakalavr va magitratura kurslariga o’qishga qabul qilingan a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, grantdan maqsad umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashdir. ADA universitetida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha kurslar bor:

Bakalavriat:

  • Business Administration
  • Economics
  • Computer Engineering
  • Computer Science
  • Information Technology
  • International Studies
  • Public Affairs

Magistratura:

  • Public Administration
  • Education Management
  • Diplomacy and International Affairs
  • Business Administration

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ADA International Fellowship grantlarini yutib olgan bakalavr bosqichi talabalariga o’qishning birinchi yili uchun, magistratura bosqichi talabalariga o’qishning birinchi semestri uchun kontrakt to’lovi 100% qoplab beriladi. Keyingi semestrlar uchun grant olish uchun esa talabaning o’rtacha bahosi kamida 3.80 ballni tashkil qilishi shart. Agar talabaning o’rtacha bahosi 3.50 ball bo’lsa, uning kontrakt to’loviga 50% chekirma qilinadi. Undan tashqari, kamida 3.50 ballga teng o’rtacha bahoga ega chet ellik talabalarga turar joy ham tekin tashkil qilib beriladi. Qolgan xarajatlar, masalan, yashash harajatlari, transport harajatlari va shu kabilarni qoplash talabaning o’z zimmasida bo’ladi.

Kontrakt to’lovlari bakalavr kurslari uchun 6000 AZN dan 6500 AZN gacha (taxminan 3500-3800 AQSh dollari), magistratura kurslari uchun esa 5500 AZN dan 28000 AZN gacha (taxminan 3200 – 16400 AQSh dollari)ni tashkil etadi. Kitoblar, oziq-ovqat va shu kabi harajatlarni qo’shgandagi yillik harajatlar bu yerda batafsil ko’rsatilgan.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod ADA univerisitetidagi bakalavr yoki magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi shart.
  2. Nomzod davlat sektorida faoliyat yuritsa yoki yuritgan bo’lsa, bu borada tajribaga ega bo’lsa yoki davlat sektorida xizmat qilgan bo’lsa, bu uning arizasiga ijobiy ta’sir qiladi.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi darajada bilishi shart.

Dasturga qabul jarayoni:

ADA kurslariga ariza qabul qilishning birinchi so’nggi muhlati 2019-yil 5-aprel, eng kechki hujjat topshirish muhlati 2019-yil 1-iyul. Grant yutib olmoqchi nomzodlarning arizalari 5-apreldan kechikmasligi shart.

Bakalavr kurslarga qabul uchun kerakli hujajtlar:

  1. Ariza.
  2. CV fotosurat bilan birga.
  3. Diplom (shaxodatnoma) va baholar tarjimalari bilan.
  4. Passport nusxasi.
  5. Ingliz tili testi natijasi. Bunda test natijasi IELTS’dan kamida 6, TOEFL iBT’dan kamida 75 bo’lishi shart.

Magistratura kurslariga qabul jarayoni kurslarga qarab turlicha bo’lishi mumkin, shuning uchun qabul jarayoni bilan tanishish uchun o’zingizni qiziqtirgan kurslarga qabul haqida bu yer orqali ma’lumot olishingiz zarur.

Murojaat uchun:
Telefon: (+994 12) 437 32 35
Faks: (+994 12) 437 32 36

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!