×

Ozarbayjonda barcha xarajatlar qoplanadigan 9 kunlik qishgi maktab!


Grant

MUHLAT

31.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

4061 marta

Ozarbayjon Boku Baynalminal Multimadaniyat Markazi – Baku International Multiculturalism Centre  Ozarbayjonda oʻtkaziladigan Winter School 2019ga taklif etadi. Ushbu qishgi maktab 2019-yil 12-fevraldan 21-fevralgacha boʻlib oʻtadi. Qishgi maktabda Ozarbayjon madaniyati bilan qiziquvchi va soha boʻyicha tadqiqotlar olib borayotgan 18 dan 35 yoshgacha bakalavr, magistr hamda doktorantlar ishtirok etishlari mumkin. Qishgi maktab ingliz tilida olib boriladi.

Ozarbayjon Boku Baynalminal Multimadaniyat Markazi tashkil etgan qishgi maktabning asosiy maqsadi butun dunyoga oʻz madaniyatini yoyish va boshqa madaniyat modellari bilan qiyoslashdir.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagi bakalavr, magistr va doktorantlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qishgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritgan nomzodlarning Ozarbayjonda 12-21-fevralgacha yashash va sayohat qilish uchun barcha xarajatlari (viza va sugʻurtadan tashqari) qoplab beriladi.

Talablar:

Qishgi maktab uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. 18-35 yoshgacha boʻlgan, bakalavr, magistr va doktorantlar ariza topshirish mumkin.
  2. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  3. Ozarbayjon multimadaniyati modelini oʻrganishga ishtiyoqi boʻlishi lozim.
  4. Intiluvchan va mavzu boʻyicha bilimlarini yanada chuqurlashtirish istagida boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.

*Muhim: “Ozarbayjon multimadaniyati” kursini oʻqigan nomzodlarga koʻproq imkon beriladi.

Nomzodlar Ozarbayjon multimadaniyati boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan inshosi va olib borgan tadqiqotlari, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-dekabr tungi 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

  1. Ariza shakli: SHU YERDA.
  2. Pasport
  3. 400 ta soʻzgacha boʻlgan esse asosiy tanlov mezoni hisoblanadi.

Esse uchun quyidagi mavzular taklif etiladi:

  • Ozarbayjon multimadaniyati manbalari;
  • Ozarbayjon multimadaniyati modelini dunyoning boshqa multimadaniyat modellari bilan qiyoslash;
  • Ozarbayjonda etnik xilma-xillik;
  • Sizning yurtingizda Ozarbayjon multimadaniyatiga munosabat;
  • Ozarbayjonda diniy xilma-xillik.

Barcha hujjatlar PDF formatida 2015multiculturalism@gmail.com elektron manziliga “WS2019” sarlavhasi bilan 2019-yil 31-dekabr tungi 23:59 gacha joʻnatiladi. PDF formatida boʻlmagan ariza va hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.

2019-yilning 15-yanvarigacha elektron pochta orqali maʼlum qilinadi. Koʻrsatilgan muddatda javob xati kelmasa, bu ariza rad etilganligini bildiradi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!