×

Ozarbayjon: Barcha xarajatlari qoplanadigan investitsiya va yoshlar tadbirkorligi forumi!


Grant

MUHLAT

26.10.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

2391 marta

Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICYF) Ozarbayjon Kichik va oʻrta biznes subyektlarini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda startaplarni Ozarbayjon Investitsiya va yoshlar tadbirkorligi forumiga taklif qilmoqda. Forum 2022-yil 17-18-noyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadi.

Forumning maqsadi Ozarbayjon, Yevroosiyo va Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlarlardagi startap ekotizimini qanday kuchaytirishni hamda yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi maqsad ishlab chiqishni muhokama qilish uchun turli mahalliy va xalqaro kompaniyalar, tashkilotlar, siyosatchilar, hukumat rasmiylari, tadbirkorlar, ekspertlar, inverstorlar, biznesmenlar va boshqalarni bir yerga toʻplashdir.

Ikki kunlik ushbu forum turli yarmarkalar, panellar, madaniy tadbirlar, koʻrgazmalar, betvorking seanslari, davra suhbati muhokamalari va seminarlardan iborat boʻladi.

Ishtirok etish uchun quyidagi sohalarga oid startaplar qabul qilinadi:

  • Food & Agri-Tech
  • Green Industry
  • Fintech
  • Games and Applications
  • Environment & Renewable Energy
  • Smart Tech
  • Aviation & Space Tech
  • Logistic & Smart City
  • Robotics and AI

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Oʻz startapiga ega 18-35 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish uchun qabul qilingan startaplar vakillari quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Viza yordami
  • Ozarbayjonga borish va kelish xarajatlari qoplanadi
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo (Oʻzbekiston ham aʼzo) yoki musulmon ozchilikni tashkil qiluvchi davlatlaridagi startaplar (ularning vakillari) ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar 18-35 yosh oraligʻida boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 25-oktabrga qadar onlayn shaklda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Faqat dasturga qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi (qabul qilinmaganlarga hech qanday xabar yuborilmaydi).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!