×

Buyuk Britaniya: Magistraturada o’qish uchun 14500 funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

04.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5822 marta

Buyuk Britaniyadagi Leeds universitetining (University of Leeds) tarix fakulteti hamda O’rta Asr tadqiqotlari instituti magistratura bosqichida o’qimoqchi bo’lganlar uchun stipendiyali dastur e’loq qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 4 ta.

Grant kimlar uchun?

Tarix yo'nalishida magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan nomzodlar 14500 funt sterling miqdoridagi stipendiya bilan taqdirlanadi. Ushbu stipendiya tanlangan yo’nalishning kontrakt pulini to’liq yoki qisman qoplashi, ba’zilarida ortib qolishi ham mumkin. Kontrakt pulidan ortib qolgan summa dtipendiya egasiga beriladi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi lozim;
  • Nomzod o’zi tanlagan sohaga o’qishga qabul qilish talablariga to’la mos tushishi lozim (ushbu talablar bilan yuqorida sanab o’tilgan o’qish sohalaridan birini tanlash orqali tanishib chiqing);
  • O’qish davrida universitetning ilmiy va akademik faoliyatida faol qatnashishi lozim;
  • Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (minimum IELTS 6.5; TOEFL ibt 92) ga ega bo’lishi lozim.

Topshirish talab etiladigan xujjatlar:

Bakalavrlik diplomi, IELTS 6.5+, TOEFL ibt 92+

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab tarix fakulteti yo’nalishlaridan birini tanlab, belgilangan tarzdagi arizani yuklab olib to’ldirishi va uni 2018-yilnig 4-mayidan kechikmay HistoryPGT@leeds.ac.uk elektron manziliga yuborishi lozim. Arizani SHU YERDAN  yuklab oling.

Shuningdek, talabalar University-administered stipendiyasini olish uchun ariza topshirishi kerak va ular avtomatik tarzda yuqorida sanab o’tilgan tarix yo’nalishlaridan biriga (o’zlari tanlaganiga) grant dasturi uchun ariza topshirgan hisoblanadi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

University of Leeds

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

HistoryPGT@leeds.ac.uk

Ushbu dastur tarix sohasida ta’lim olishni istovchilar uchun mo’ljallangan. Tarixga qiziquvchilar quyidagi yo’nalishlardan birini tanlashi mumkin:

Yuqoridagi barcha yo’nalishlar 12 oylik magistrlik dasturi hisoblanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!