×

BAA: Saratonga qarshi kurashish sohasi mutaxassislari uchun World Cancer Congress 2020!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

1664 marta

Xalqaro The Union for International Cancer Control’s (UICC)  tashkiloti saratonga qarshi kurashish boʻyicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilarni 2020-yilgi World Cancer Congress konferensiya dasturida qatnashishga taklif etadi. Kongres tibbiyot sohasida saraton kasalliklari sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan. Kongress Birlashgan Arab Amirliklari Oman davlatida 2020-yilning 20-22-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Saratonga qarshi kurashish sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jahon bankining rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatiga kiruvchi mamlakatlar vakillariga kongresda ishtirok etish xarajatlari toʻliq yoki qisman qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan vakillar, shuningdek, Jahon bankining rivojlanayotgan davlatlar roʻyxatiga kiruvchi mamlakatlar (Oʻzbekiston kiradi) ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod taqdim etayotgan ma’ruza saratonga qatshi kurashish, kasallikning kechishi, klinik kuzatish, profilaktika va davolash choralariga qaratilgan olti mavzudan biriga mos kelishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Dedlayn – 2019-yil 31-oktabr. Hozir onlayn platforma yopiq va u 2019-yil 26-avgustdan ochiladi.

Hujjat topshirish 26-avgustdan keyin: shu yerda amalga oshiriladi. Kerakli hujjatlar tarkibini ham shu sanadan keyin bilib olasiz.

Nomzodlarni saralash ularning ma’ruzaning  sifati va dolzarbligi, muammoni yechishga yondashuvi, muammoning tadqiqot muhitiga mosligi, tadqiqotning talabga javob berishi kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2019-yil 9-dekabrda eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!