×

BAAda muqobil energiya bo’yicha magistratura va doktoranturada o’qish


Grant

MUHLAT

15.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

2994 marta

Xalqaro Muqobil Energiya Agentligi (IRENA) Birlashgan Arab Amirliklari davlati bilan hamkorlikda xalqaro talabalar uchun grant dasturini taklif etadi. 20 ta muvaffaqiyatli xalqaro talabalar mazkur stipendiya bilan taqdirlanib, Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi Masdar Ilm-fan va texnologiya institutiga o’qishga qabul qilinadi. Masdar instituti AQShdagi Massachusets Texnologiya Instituti tomonidan tashkil etilgan bo’lib, soha bo’yicha eng oldingi va obro’li institutlardan biri hisoblanadi. Dastur magistratura va doktoranturaga o’qishga qabul qiladi va o’qish ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI TUGATGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

 

Barcha dasturga qabul qilingan talabalar 2 yil davomida to’liq grantga ega bo’lishadi.

  • O’qish xarajatlari;
  • Darsliklar;
  • Turar-joy;
  • Tibbiy sug’urta;
  • Laptop;
  • Safar xarajatlari qoplanadi; va
  • Oylik stipendiya beriladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Ilm-fan, muhandislik va axborot texnologiyalari sohasida bakalavr diplomiga ega xalqaro talabalar;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasiga ega – kamida TOEFL iBTdan 91 yoki IELTSdan 6.5 ballga ega;
  • GRE testining “quantitative” qismidan 700 yoki yangicha baholash tizimiga ko’ra 150 ballga ega;
  • Muqobil energiya manbalari va ularni yo’lga qo’yish hamda xalqaro taraqqiyot masalalariga qiziqqan nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Grant dasturiga ariza to’ldirish uchun avvalambor Masdar institutiga o’qishga ariza to’ldirish lozim va arizada “IRENA scholarship” (mazkur grant dasturinig inglizcha nomlanishi)ga ham ariza topshirayotganini ma’lum qilishi kerak.  Ariza onlayn shaklda SHU YERDA to’ldiriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!