×

Bahrayn: Mukofoti 20000-25000 AQSh dollari bo’lgan tanlov


Grant

MUHLAT

30.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bahrayn

O'QILGAN

5175 marta

Butun dunyo davlatlarida targ’ib qilinayotgan barqaror rivojlanish dasturi (Sustainable Development Agenda 2030) ni qo’llab-quvvatlash, unga o’z xissasini qo’shayotgan shaxs yoki tashkilotlarni rag’batlantirish va o’rnak sifatida ko’rsatish maqsadida, Bahrayn qirolligi tomonidan “King Hamad Youth Empowerment Award” mukofoti ta’sis etilgan. Hozirda barqaror taraqqiyotga erishish yo’lida izlanayotgan yoshlarni taqdirlovchi ushbu mukofot uchun arizalar qabul qilinmoqda. Mukofot ikki kategoriya bo’yicha topshiriladi va ikkala kategoriya bo’yicha jami 8 ta g’olib aniqlanadi.

Birinchi kategoriya bo’yicha Barqaror Rivojlanishga o’z hissalarini qo’shayotgan yoshlar mukofotlanadilar. Bu guruhdan 5 ta g’olib taqdirlanadi va ularning har biri Barqaror Rivojlanish Dasturi 2030 ning asosiy 5 maqsadi nuqtai nazaridan tanlanadi, jumladan:

  1. Insonlar: qashshoqlik va ochlikning har qanday shaklini tugatish.
  2. Farovonlik: tabiat bilan uyg’unlikdagi farovon hayotni ta’minlash.
  3. Sayyoramiz: Yer sayyorasining tabiiy resurslari va iqlimini kelajak avlod uchun asrash.
  4. Tinchlik: osoyishta, adolatli va hamjihat jamiyatlarni shakllantirish.
  5. Hamkorlik: Barqaror Rivojlanish Dasturi 2030 ni amalga oshirish uchun o’zaro mustahkam hamkorlikni yo’lga qo’yish. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ikkinchi kategoriya bo’yicha Barqaror Rivojlanish Dasturi’ni amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari uchun yoshlarga imkoniyat va qulaylik yaratib berayotgan 3 ta tashkilot taqdirlanadi. G’oliblar yoshlarning Dastur’da ishtirokini qo’llab-quvvatlash  maqsadidagi quyidagi xizmatlari uchun mukofotlanadilar:

  1. Yoshlarning Dastur’ni amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shish yo’lidagi tashkiliy-jamoaviy to’siqlarni bartaraf etish.
  2. Yoshlarga Dastur’ni amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishlari uchun moddiy yordam ko’rsatish.
  3. Yoshlarni Dastur’ni amalga oshirishga o’z hissalarini qo’shishga yordam beruvchi bilim va tayyorlov bilan ta’minlash. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Taqdirlash marosimi Bahrayn qirolligida bo’ladi va unga barcha g’oliblar taklif qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Barqaror rivojlanishga hissa qo’yashotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi:

  1. Birinchi kategoriya bo’yicha eng munosib deb topilgan 5 nafar qatnashchining har biriga 20 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti beriladi.
  2. Ikkinchi kategoriya bo’yicha esa 3 nafar qatnashchining har biri 25 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadilar. Ikkinchi kategoriya bo’yicha pul mukofotini faqatgina nodavlat tashkilotlar va fondlar olishlari mumkin, boshqa sektorlarga tegishli qatnashchilarga pul mukofoti berilmaydi.
  3. Taqdirlash marosimi uchun sayohat va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

King Hamad Youth Empowerment Award 2018 mukofoti barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish yo’lida aynan yoshlarning o’rniga e’tibor qaratgan. Mukofotning birinchi kategoriyasi uchun quyidagilar ariza topshirishlari mumkin:

  1. Yakka shaxslar. Nomzodning yoshi 15 va 30 oralig’ida bo’lishi kerak.
  2. Yoshlar tomonidan yuritilayotgan tashkilotlar. Bunday kategoriya ostida saralanish uchun ushbu tashkilot rahbar va yetakchilarining kamida 50% qismini 15-30 yoshlilar tashkil etishi kerak.
  3. Yoshlarga yo’naltirilgan tashkilotlar. Bunday tashkilot hisoblanish uchun ushbu tashkilotning kamida 90% natijalari 15 va 30 yosh oralig’idagi yoshlarga manfaat keltirishi zarur.

Ikkinchi kategoriya uchun Davlat, xususiy, nodavlat va OAV sektorlariga tegishli tashkilotlar ariza berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar (/fondlar)dan boshqa nomzodlarga pul mukofoti berilmasligini eslatib o’tamiz. Barcha nomzodlar BMTga a’zo davlatlardan bo’lishlari shart.

Barcha talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun onlayn ariza topshirish zarur. Topshirilishi zarur hujjatlar kategoriyalarga qarab farq qiladi va ularning ro’yxati onlayn royxatdan o’tib, profilingizni faollashtirganingizdan so’ng ko’rsatiladi.

Eslatmalar

  • G’oliblar 2019-yil yanvarda e’lon qilinadi.
  • Dastur haqida batafsil ma’lumot bu yerda.
  • Savollaringizga muhim savol-javoblarni ko’rib chiqib javob olishingiz mumkin.
  • Ma’lumot uchun mana bu veb sahifa orqali savol yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!