×

Bakalavr kursini Janubiy Koreyada bepul o’qish yoki o’qish to’lovining yarmini qoplash uchun grant!


Grant

MUHLAT

07.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

2444 marta

Janubiy Koreyada joylashgan Korea University universiteti tomonidan taqdim etiladigan to’liq va qisman grantlar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universiteti bakalavr kurslariga qabul qilingan eng a’lochi va eng yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalarga belgilanadi. Korea universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bakalavr kurslariga hujjat topshirgan va qabul qilingan talabalar orasidan eng yuqori baholar va yutuqlarga erishgan nomzodlarga to’liq grant beriladi. Baholari va yutuqlari yuqori, ammo to’liq grant yutib olgan talabalarnikidan pastroq nomzodlarga kontrakt to’lovining yarmini qoplovchi qisman grant taqdim etiladi.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollejni, litseyni) tamomlagan bo’lishi va baholari juda yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod Korea universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod hujjat topshirgan kurs koreys yoki ingliz tilida o’qitilishi mumkin. Kurs qaysi tilda bo’lsa, nomzod shu tilni yaxshi bilishi kerak. Bunda TOPIK testi yoki IELTS/TOEFL kabi ingliz tili testlari talab etiladi. Grantni yutib olish uchun til imtihonlaridan yuqori ball olish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. Onlayn tarzda ariza to’ldiring. 2021-yil bahorda boshlanadigan kurslar uchun arizalarni 2020-yil 7-oktyabrgacha bu yerda topshirish mumkin. Korea universitetiga hujjat topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

2-qadam. Kerakli hujjatlarni pochta orqali ushbu manzilga jo’nating:

International Education Team, #301 Dongwon Global Leadership Hall, 145 Anam-ro, Seongbuk-gu, Seoul 02841, Korea.

Yuborilgan hujjatlar 2020-yil 8-oktyabrgacha Korea universitetiga yetib borishi kerak. Qabul ofisi dam olish va bayram kunlari ishlamasligini va pochta xizmatining tezligini hisobga olgan holda, arizalarni imkon qadar ertaroq to’ldirish va hujjatlarni ertaroq yuborish tavsiya etiladi. Ma’lumot uchun admission@korea.ac.kr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!