×

Ban Ki-Moon Scholarship: Avstriyada magistratura kurslari uchun 10 000 yevro grant


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1624 marta

Avstriyada joylashgan MCI Management Center Innsbruck universiteti tomonidan o’qitiladigan magistratura va Executive MBA kurslarida o’qish istagidagi xorijlik talabalar uchun ajratilgan Ban Ki-Moon Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur BMT’ning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari yo’lida faol bo’lgan, kelajakda ham bu borada foydali faoliyat yuritishi kutilayotgan talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlashga qaratilgan.

Grantlarni MCI’da o’qitiladigan quyidagi magistratura kurslari uchun yutib olish mumkin (barchasi ingliz tilida o’qitiladi):

Biotechnology

Corporate Governance & Finance (online)

Entrepreneurship & Tourism

Environmental, Process & Energy Engineering (full-time)

European Health Economics & Management

International Business & Law

International Business & Management

International Health & Social Management

Management, Communication & IT

Mechatronics & Smart Technologies (full-time)

Medical Technologies

Executive MBA kurslaridan esa quyidagi kurslar uchun yutib olish mumkin:

Digital Business MBA (ingliz va nemis tillarida o’qitiladi)

Executive MBA (ingliz tilida)

Digital Economy & Leadership MSC (onlayn va nemis tilida)

Digital Marketing & Analytics MSC (onlayn va nemis tilida)

Management & Leadership MSC (nemis tilida).

Grant kimlar uchun?

Menejment yoki Executive MBA magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant berilgan nomzodga o’qishning birinchi yili kontrakt to’lovi uchun 10 000 yevro mablag’ beriladi.

Talablar:

  • Grantga ariza topshirgan nomzod MCI universitetining belgilangan magistratura yoki Executive MBA kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga qaratilgan ishlarda faol bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, o’zi hujjat topshirgan kursning ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablariga mos bo’lishi kerak. Bu talablarni kerakli kurs sahifasidan topishingiz mumkin.
  • Magistratura kurslariga qabul uchun bakalavr diplomi, yaxshi yoki a’lo baholar, ingliz tilini bilish kabi talablar qo’yilgan. Ba’zi kurslarga qabul uchun ish tajribasi ham talab qilinadi. Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursga qabul talablariga to’liq javob berishi kerak. Qabul talablari tanlangan kurs yo’nalishiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu yerda kerakli kursni tanlab, talablar bilan tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

1-qadam. MCI universitetining tegishli magistratura kursiga hujjat topshiring. Hujjatlar 21-martgacha qabul qilinadi. Kurslarga ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

Magistratura kursi arizasi uchun kerakli hujjatlar:

  1. Cover letter.
  2. CV.
  3. Tug’ilganlik haqida guvohnoma.
  4. Pasport nusxasi.
  5. Pasport o’lchamidagi surat.
  6. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  7. Nomzod o’qigan barcha daraja diplomlari (maktab, kolle/litsey, universitetlar, kurslar va boshqalar).
  8. Amaliyot joylaridan ma’lumotnomalar/sertifikatlar.
  9. Ingliz tili testi sertifikati.

2-qadam. Bu yerda grantga ariza topshiring. Magistraturaga ham, grantga ham arizalar 31-martgacha topshirilishi kerak.

Grantga ariza uchun esa quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  1. CV.
  2. Ingliz tili testi sertifikati.
  3. Nomzodning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan davlatdan ekanligini tasdiqlovchi hujjat.
  4. Bakalavr diplomi va ilovasi.
  5. Nomzodning barqaror taraqqiyot maqsadlariga qaratilgan hozirgi yoki avvalgi ishlari haqida insho. Bunda har bir faoliyat aniq faktlar bilan keltirilishi, hajmi 500 so’z atrofida bo’lishi kerak.
  6. Nomzod tanlagan magistratura kursi hamda barqaror taraqqiyot maqsadlariga qaratilgan kelajak maqsadlari haqida insho. Inshoga nomzodning grantga nima uchun muhtojligi ham ko’rsatilishi kerak.

Batafsil ma’lumot uchun grant nizomi bilan tanishib chiqing. Savollaringiz bo’lsa, leena.saurwein@mci.edu manzili orqali Ms. Leena Saurwein bilan bog’laning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!