×

Banff Centre Mountain Film and Book Festival uchun fotosuratlar tanlovi: mukofot – 2342 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

759 marta

Kanada va dunyoning turli davlatlarida har yili o’tkazib kelinadigan, Banff san’at markazi tomonidan tashkil etiladigan Banff Centre Mountain Film and Book Festival uchun fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Banff festivali tog’li hududda o’tkazilgani sababli, festival uchun tayyorlanadigan posterlar, tarqatma va reklama materiallar, bannerlar, veb saytda e’lon qilinadigan postlar, 12 000 dona broshyura va 12 000 dona festival dasturiga chop etish uchun maxsus fotosurat zarur. Ushbu surat tog’ning go’zal, keng va salobatli manzarasini ifodalashi va festival ruhini ko’rsatib berishi zarur.

2020-yilgi tanlovda g’olib chiqqan surat

2019-yilda g’olib chiqqan surat

G’olib chiqqan barcha suratlar

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga 3000 Kanada dollari (2342 AQSh dollari) miqdorida pul mukofoti taqdim etiladi. G’olibning surati va tarjimai holi festival veb saytida e’lon qilinadi. Undan tashqari, g’olibga Banff tog’ film va kitob festivaliga 10 dona chipta sovg’a qilinadi.

Talablar:

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bitta ishtirokchi 10 tagacha surat topshirishi mumkin.
  • Fotosuratning formati JPG bo’lishi, hajmi 3 MB dan oshmasligi zarur. Suratning asl nusxasini ham saqlab qo’yish kerak, chunki g’oliblar aprel oyida fotosuratning katta o’lchamli, original nusxasini yuborishlari kerak bo’ladi.
  • Suratning o’lchamlari: vertikal suratlar uchun kamida 300dpi, 45,72 cm x 60,96 cm (rasmiy manbada 18 x 24 dyuym ko’rsatilgan, bu santimetrlarga o’girildi), gorizontal suratlar uchun kamida 300 dpi, 60,96 sm x 45,72 cm (24×18 dyuym) bo’lishi shart.
  • Suratlarda tog’ manzaralari, sport va mashg’ulotlari ifodalanishi, haybatli va kuchli tog’ ruhi sezilib turishi kerak. 
  • Tanlovda g’olib chiqqan surat chop etilganda tanlovning turli hamkorlarining savdo belgilari ko’rsatilishi, ham vertikal, ham gorizontal materiallarda chop etish uchun kesib olish kerak bo’lgani sababli fotosurat savdo belgilarini joylashtirishga qulay bo’lishi kerak. Tanlovda ilgari g’olib chiqqan aksariyat suratlar yonlama (gorizontal) tushirilgan, vertikal o’lchamda kesishga ham qulay tarzda olingan.
  • Undan tashqari, suratda hech qanday savdo belgisi ko’rinmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2021-yil 1-martgacha ariza bering. Ariza to’ldirish uchun bu yerga kiring. Savollaringiz bo’lsa, Nicky_Lynch@banffcentre.ca manziliga e-mail yuboring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!