×

Bank Internship Program (BIP): Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun Jahon bankida haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

15.02.2025

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

9926 marta

Bank Internship Program (BIP) amaliyot dasturi yuqori motivatsiyaga ega shaxslarga Jahon banki missiyasi va ish faoliyatida qatnashish imkoniyatini taklif qiladi. Dastur ishtirokchilarga bankning faoliyatiga yangi istiqbol, innovatsion gʻoyalar va tadqiqot tajribasini olib kirish imkonini beradi.

Shuningdek, ushbu dastur CVni amaliy ish tajribasi bilan boyitish uchun imkoniyat hamdir. Amaliyot oʻrinlari rivojlanish operatsiyalari boʻyicha ham, boshqa biznes boʻlinmalarda ham (kadrlar boshqarmasi, aloqa, buxgalteriya va boshqa boʻlimlar) ham taklif etiladi, biroq aynan qaysi soha / boʻlimdagi amaliyot oʻrinlari amaliyot davridagi mavjudligi bank faoliyatidagi ehtiyojga asoslanadi.

Jahon bankining amaliyot dastur uchun odatda quyidagi sohalar boʻyicha tahsil olayotgan talabalar izlanadi: iqtisod, moliya, inson rivojlanishi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, oziqlanish, aholi), ijtimoiy fanlar (antropologiya, sotsiologiya), qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit (ekologiya), muhandislik, shaharsozlik, tabiiy resurslarni boshqarish, xususiy sektorni rivojlantirish va boshqa tegishli sohalar; yoki Korporativ yordam (Buxgalteriya hisobi, Aloqa, Inson resurslarini boshqarish, Axborot texnologiyalari, G’aznachilik va boshqa korporativ xizmatlar).

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktorantura (PhD) bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Jahon banki barcha amaliyotchilarga soatbay ish haqi toʻlaydi. Shuningdek, kerakli hollarda menejerning qaroriga koʻra, safar xarajatlari uchun 3000 AQSH dollarigacha miqdorga mablagʻ ajratiladi. Safar xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻ faqat amaliyot oʻtaladigan shaharga yetib olish yoki undan qaytish uchun transport xarajatini (aviachipta) qoplashni nazarda tutadi.

Amaliyotchilar turar joy uchun oʻzlari masʼuldir. Aksariyat amaliyotchilar Vashingtonda amaliyot oʻtaydi, ayrimlar esa Jahon bankining mamlakatdagi idoralarida amaliyot oʻtashadi. Odatda amaliyot dasturi kamida 4 hafta davom etadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod bakalavrlik darajasiga ega va kunduzgi taʼlim shakli (full-time) asosida magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan talabalar ariza berishi mumkin.
  • Ingliz tilini erkin muloqot qila olish lozim. Fransuz, ispan, rus, arab, portugal va xitoy tillarini bilsa, nomzod uchun yaxshi.
  • Kompyuter koʻnikmalari kabi boshqa koʻnikmalarga ega boʻlish ustunlik beradi.
  • Yosh chegarasi yoʻq, boshqa talablarga mos boʻlgan istalgan yoshdagi nomzodlar ariza berishi mumkin.
  • Jahon banki ish joyidagi xilma-xillikni qadrlaydi hamda turli kasbiy va akademik tarixga ega barcha malakali nomzodlarning, xususan, ayollarning ariza topshirishini ragʻbatlantiradi.
  • Shuningdek, eʼlon qilingan amaliyot oʻrinlarining alohida kichik talablariga ham mos boʻlish kerak. Ushbu talablar bilan BU YERDAGI faylda berilgan amaliyot oʻrinlariga tegishli raqamlar (Requisition number) ustiga bosib tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda 2025-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun amaliyot eʼloni sahifasiga kirib, tepa oʻng sohadagi “Apply” tugmasi bosiladi. Ochilgan PDF faylda amaliyot uchun eʼlon qilingan boʻsh ish joylari bor, shulardan oʻzingizga mosini tanlab, uning sahifasiga kirib ariza topshirasiz.

Ariza toʻldirishda odatda  quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • CV.
  • Qiziqish bayoni (Statement of Interest).
  • Magistratura yoki PhD bosqichi talabasi ekanlikni tasdiqlovchi hujjat.

Hujjatlar tarkibi va ularga qoʻyilgan talablar siz ariza topshirayotgan amaliyot oʻrniga qarab farq qilishi mumkin. Talab etiladigan aniq hujjatlar bilan ariza shaklida tanishasiz.

Faqatgina amaliyot uchun qabul qilingan nomzodlarga email orqali xabar qilinadi, qabul qilinmaganlarga xabar berilmaydi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin amaliyot dasturi haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!