Barselonada joylashgan Barcelona Graduate School of Economics oliy ta’lim muassasasi magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun kontrakt summasi qisman va to’liq qopanadigan grantlar uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grantlardan birini qo’lga kiritishni xohlagan nomzodlar Barcelona Graduate School of Economics’da mavjud bo’lgan istalgan magistrlik dasturini tanlashi mumkin. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grantlarga hujjat topshirish alohida jarayon emas va magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan shaxs avtomatik tarzda grantlarga nomzod hisoblanadi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Nomzodlar ko’rsatkichlariga qarab kotrakt summasini to’lashdan 25, 50, 75 yoki 100 foiz ozod qilinadi. Shuningdek, ba’zi iqtidorli talabalar stipendiya shaklidagi grantni ham qo’lga kiritishi mumkin.
Grantni qo’lga kiritgan barcha talabalar, kontrakt to’lashdan 100% ozod qilinganlar ham, universitetga qabul qilinganligini kafolatlash uchun 1000 yevro miqdoridagi kafolat puli to’lashi kerak va bu pul qaytarilmaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi yoki oʻqish boshlanguniga qadar bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritishi kerak.
- Odatda nomzodlarning bakalavrlik diplomi moliya, iqdisodiyot, bank ishi, muhandislik (injinering), matematika, statistika, biznes boshqaruvi kabi sohalar boʻyicha olingan boʻladi, lekin bakalavriatni boshqa soha boʻyicha tugatganlar ham qabul qilinadi.
- Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak: IELTS minimum 6.5; TOEFL minimum 90.
- Shuningdek, GRE sertifikatiga ega bo’lish ham tavsiya etiladi. Master’s Degree in Data Science yo’nalishiga topshiruvchilar esa, GRE sertifikatiga ega bo’lishi shart etib belgilanishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi va arizalar yil davomida qabul qilinadi.
Dastlab, nomzod maxsus platforma orqali o’ziga akkaunt yaratib olishi kerak. Akkaunt yaratilgandan keyin, onlayn arizada berilgan barcha savollarga javob berish bilan bir qatorda, nomzod quyidagi hujjatlarni yuklashi/yozishi kerak bo’ladi:
- Diplom va diplom ilovasi (baholar). Bakalavriatni hali tugatmaganlar magistrlik dasturi boshlanishidan oldin bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritishi haqidagi imzolangan bayonotni va hozirga qadar olingan baholarini topshiradi.
- Pasport nusxasi.
- CV (maksimal 2 bet).
- Motivatsiya xati (Statement of Purpose ) – 700 so’zdan oshmagan holda.
- Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (kamida IELTS 6.5 / TOEFL 90).
- Shuningdek, GRE sertifikatini ham topshirish tavsiya etiladi (lekin topshirish majburiy emas).
- Ikki nafar tavsiya beruvchilarning kontakt maʼlumotlari.
Hujjatlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingli tiliga rasmiy tarjima qilingan boʻlishi lozim. Barcha hujjatlar yuklab bo’lgandan keyin 60 yevro application fee to’lanishi kerak bo’ladi.
Hujjat topshirish jarayoni bilan SHU YERDA batafsil tanishing.
Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar o’qish uchun Barselonaga borishda o’zlari bilan diplom va diplom ilovasining rasmiy tarjima qilingan nusxalarini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Ispaniya elchixonasi (yoki konsulligi) dan tasdiqlatgan holda olib borishi kerak. O’zbekistondagi Ispaniya konsullugi bilan SHU YERDA tanishing.
Ushbu grantlarga alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirgan barcha avtomatik tarzda grant dasturlariga nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.