×

#Beapirate Challenge: 14-21 yoshlilar uchun 3 haftalik bepul onlayn kurs va bellashuv; mukofot – Silikon vodiysiga (AQSH) xarajatlari qoplanadigan sayohat!


Grant

MUHLAT

31.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5157 marta

#Beapirate Challenge – asosan 14-19 yoshli yoshlar (21-yoshgacha boʻlganlar ham qatnashsa boʻladi) uchun moʻljallangan 3 haftalik onlayn tajriba boʻlib, mentorlik seanslari, seminarlar, qisqa videolar va boshqa mashgʻulotlardan iborat. Dastur davomida ishtirokchilar yaxshiroq kelajak qurish uchun 2-6 kishilik jamoada innovatsion yechimlar ustida ishlaydi va dastur yakunida oʻz yechimlari haqida video tayyorlaydi.

Bunda jamoalar mavjud va dastur davomida oʻrgangan bilim hamda koʻnikmalari asosida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasiga kiruvchi iqlim oʻzgarishi, qashshoqlik, notenglik, dengiz chiqindilari va shu kabi boshqa muammolarni hal qilishga qaratilgan innovatsion va amalga oshirsa boʻladigan gʻoya (yechim) ishlab chiqadi. Jamoalar bu gʻoyasini video shaklida taqdim etadi (ingliz tilida).

Eng yaxshi yechim ishlab chiqqan 7 ta jamoa yakuniy onlayn pitch (bellashuv) tadbiri – finalda qatnashadi. Bunda eng yaxshi gʻoya ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan tanlanadi va gʻolib jamoa AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Silikon vodiysiga taʼlim sayohati bilan tashrif buyurish imkoniga ega boʻladi.

Mazkur dastur mashgʻulotlari 2022-yil 1-iyundan 21-iyungacha onlayn shaklda olib boriladi.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

14-21 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Finalda gʻolib boʻlgan jamoa 2023-yilning bahorida AQSHning Kaliforniya shtatida joylashgan Silikon vodiysiga (San-Fransisko) taʼlim sayohatiga borish imkonini qoʻlga kiritiadi. Bunda jaʼmoa aʼzolar uchun quyidagi imtiyozlar taʼminlanadi:

  • Nomzod yashab turgan joyga eng yaqin xalqaro aeroportdan San-Fransiskoga samolyot orqali borish va qaytish chiptalari olib beriladi.
  • Silikon vodiysidagi taʼlim sayohati davomida bepul turar joy taʼminlanadi.
  • Silikon vodiysidagi dastur seminarlar, startaplar bilan uchrashuvlar, Instagram, Apple, Pinterest, Google kabi kompaniyalarga tashriflar, Singularity va Stenford universitetlari kampuslariga sayohatlardan iborat boʻladi.

Eslatma: Dastur viza, oʻzingizga eng yaqin xalqaro aeroportgacha borish, oziq-ovqat xarajatlarini qoplamaydi. Ushbu xarajatlarni ishtirokchilarning oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Dasturga qatnashish talab va shartlari quyidagicha:

  • Tanlovdan maqsad yaxshiroq kelajak uchun kreativ, innovatsion gʻoya va yechimlarni kashd qilishdir.
  • Istalgan davlat fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • Dastur 14-19 yoshli nomzodlar uchun moʻljallangan. Biroq 21 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ham ushbu dasturning oʻzi uchun manfaatli boʻlishi va dasturda munosib gʻoya/yechim taklif qilishga hissa qoʻsha olishiga ishonsa, ular ham ariza topshirishi mumkin.
  • Nomzodlar Moonshot Pirates platformasida alohida (yakka tartibda) roʻyxatdan oʻtishi va ariza topshirishi kerak. Shundan soʻng ular platformada 2 kishidan 6 kishigacha boʻlgan jamoa tuzadi. Jamoangiz tayyor boʻlsa, jamoangiz aʼzolarining har biri alohida roʻyxatdan oʻtib, ariza topshiradi va shundan keyin barcha aʼzolar platformada jamoaga birlashishi mumkin boʻladi. Jamoangiz yoʻq boʻlsa, platformaning oʻzidan jamoadosh qidirishingiz/biror jamoaga qoʻshilishingiz mumkin.
  • Nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi lozim. Barcha mashgʻulotlar ingliz tilida boʻladi.
  • 2022-yil 21-iyungacha har bir jamoa Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga oid muammolardan biriga qaratilgan gʻoya (yechim) va 1 daqiqalik taqdimot videosini topshirishi kerak boʻladi. Barqaror Rivojlanish Maqsadlari haqida BU YERDA maʼlumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur 3 bosqichdan iborat.

1-bosqich: roʻyxatdan oʻtish. Bunda nomzodlar yakka shaklda roʻyxatdan oʻtishi kerak. Roʻyxatdan oʻtish muddatining oxirgi sanasi – 2022-yil 31-may. Roʻyxatdan oʻtish vaqti biror gʻoya/yechimga ega boʻlish shart emas. Roʻyxatdan oʻtganlar Moonshot Piratses platformasiga taklif etiladi. U yerda jamoadosh topish va jamoa tuzish kerak boʻladi. Dasturga BU YERDA roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin (REGISTER HERE tugmasini bosing).

2-bosqich: gʻoya ishlab chiqish. Bu bosqich 2022-yilning 1-iyunidan 21-iyunigacha davom etadi. Bunda ishtirokchilar mentorlik seanslari, seminarlar va vazifalar yordamida bilim hamda koʻnikmalarini oshiradi. Shu bilan birga, jamoalar gʻoya (yechim) ishlab chiqadi. 21-iyunda har bir jamoa oʻz gʻoyasi va 1 daqiqalik taqdimot videosini topshirishi kerak boʻladi.

3-bosqich: onlayn ovoz berish va final taqdimoti. Bu bosqich 2022-yil 22-iyundan 1-iyulgacha boʻlib oʻtadi. Bunda onlayn tarzda va mentorlar tomonidan ovoz berish orqali 7 ta eng yaxshi gʻoya tanlanadi. Bu 7 jamoa Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga qaratilgan oʻz yechimlari bilan yakuniy taqdimot – finalda qatnashadi. Hakamlar hayʼati gʻolib jamoani aniqlaydi.

Oʻtgan yilgi dasturlardagi gʻoliblarining video taqdimotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin;

MUHIM: Dasturda ishtirok etishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI shakl orqali tashkilotchilarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!