×

Xitoy: barcha bosqichlar uchun to’liq grantlar, tekin turar-joy va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5630 marta

Xitoyda joylashgan Beijing Fan va Texnologiya Universitetining USTB Chancellor Scholarship 2019 grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr hamda magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grantda maqsad Xutoyda o’qish istagidagi chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Universitetda o’qitiladigan kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

USTB Chancellor Scholarship grantini yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinadi.
  2. Talaba tekin turar-joy bilan ta’minlanadi.
  3. Talabaga oylik stipendiya beriladi. stipendiya miqdori bakalavr bosqichi talabalari uchun 2500 yuan (taxminan 360 AQSh dollari) va magistratura bosqichi talabalari uchun 3000 yuan (taxminan 430 AQSh dollari) va doktorantura talabalari uchun 3500 yuan (taxminan 507 AQSh dollari)ga teng.
  4. Talabaning salomatligi to’liq sug’urta qilinadi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Bakalavr kursiga hujjat topshirgan nomzod 30 yoshdan oshmagan bo’lishi va yuqori maktabni tugatgan bo’lishi kerak. Bakalavr kurslari Xitoy tilida bo’ladi va bu kursga o’qishga kiryotgan nomzodlar xitoy tilini bilishlari kerak. Ulardan xitoy tili imtihonidan o’tish talab etiladi.
  3. Magistratura kursiga hujjat topshirgan nomzod 45 yoshdan oshmagan bo’lishi va bakalavr kursini tugatgan bo’lishi kerak.
  4. Doktoranturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar magistratura kursini tamomlagan bo’lishi kerak.
  5. Nomzodlar ingliz yoki xitoy tilini bilishlari va buni mahsus sertifikatlar bilan isbotlashlari kerak.

Til bilish darajasiga qo’yilgan talablar:

Xitoy tilida o’qitiladigan kurslar uchun:

Bakalavr bosqichiga – HSK 4.

Magistratura bosqichiga – HSK 5.

Doktorantura bosqichiga – HSK 6.

Ingliz tilida o’qitiladigan kurslar uchun:

Bakalavr bosqichiga – IELTS 5.5 yoki TOEFL 70.

Magistratura va doktorantura bosqichlariga – IELTS 6.0 yoki TOEFL 80.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, kursga hujjat topshirish kifoya. Bakalavr va magistratura kurslariga hujjatlar onlayn tarzda 2019-yil 30-aprelga qadar bu yerda qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Ariza to’lovi (600 yuan – taxminan 87 AQSh dollari) ni to’laganlikni ko’rsatuvchi hujjat.
  3. Nomzodning diplomlari va ularning ilovalari. Har bir hujjat bitta original va bitta nusxa ko’rinishida (ya’ni ikkita nusxada) topshirilishi kerak.
  4. Shaxsiy bayonot (personal statement) – bakalavr bosqichiga hujjat topshirayotganlar uchun bu bayonotning hajmi 800 so’z atrofida, magistraturaga hujjat topshirayotganlar uchun 800 so’zdan ortiq bo’lishi va doktoranturaga hujjat topshirayotganlar esa 1500 so’zdan ortiq bo’lishi kerak.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Til testi (IELTS, TOEFL, HSK) nusxasi.
  7. Passport nusxasi.
  8. Tibbiy ma’lumotnoma.
  9. Nomzod ilmiy rahbardan qabul qilganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma (acceptance letter from supervisor) yoki o’z ishlari, ilmiy maqolari va nashrlaridan namunalarni ixtiyoriy tarzda taqdim etishi mumkin.

Ma’lumot uchun:

Bakalavr bosqichiga oid masalalar bo’yicha: admission@ustb.edu.cn va +86-10-62332037;

 magistratura va doktoranturaga od masalalar bo’yicha: davidliu@ustb.edu.cn va +86-10-62332943 ga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!