×

Belarusiya: Talabalar uchun Xalqaro Yoshlar Forumi


Grant

MUHLAT

15.09.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belarusiya

O'QILGAN

4290 marta

Belarus Davlat Universiteti tomonidan o’tkazilayotgan Xalqaro Yoshlar Forumida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu yoshlar forumi 2018-yilning 28-31-oktabr kunlari, Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo’lib o’tadi. Dastur Yevropa va Osiyodagi Oliy Ta’lim Muassasalaridagi talabalar uyushmalari yetakchilari va a’zolari uchun tashkil etilgan. Forumda Belarus Respublikasi Ta’lim Vazirligi vakillari va Yevropa Konsulligi Boloniya jarayoni (The Bologna Process) mutaxassislari ham qatnashadilar. Konferensiyada talabalarning universitet boshqaruviga, talabalar uyushmalariga, amaliyotga asoslangan ta’lim jarayoniga, vakolatlarni shakllantirishga, kasbga yo’naltirishga, yoshlarning biznes g’oyalarini rivojlantirish shakllariga, ixtiyoriy faoliyatga aralashuviga oid masalalarni muhokama qilinadi. Undan tashqari, konferensiya davomida qatnashchilar Belorus Davlat Universiteti va undagi o’quv laboratoriyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va korxonalariga tashrif buyurishadi. Forum mehmonlari uchun madaniy dastur ham mavjud.

Grant kimlar uchun?

Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiya qatnashchilari uchun tashkilotchilar quyidagi moddiy qulayliklarni yaratib berishadi:

  1. Konferensiya paytida Belorus Respublikasi hududida harakatlanish xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Konferensiya vaqtida turar-joy va oziq-ovqat tashkillashtirib beriladi.
  3. Agar zarur bo’lsa, Belorus Davlat Universiteti qatnashchiga viza olish jarayonida ko’mak beradi.

Minskka borish va qaytish hamda yuqorida nazarda tutilmagan barcha xarajatlar qatnashchining hisobidan bo’ladi.

Talablar:

Konferensiyada qatnashish uchun nomzod ma’lum oliygohda tahsil olishi va undagi talabalar uyushmasida faol ishtirok etayotgan yetakchi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun hech qanday hujjat taqdim etish shart emas. Konferensiyada qatnashishni xohlovchi nomzodlar onlayn arizalarini 2018-yil 15-sentabrdan kechiktirmay topshirishlari zarur.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!