×

Belgiya: magistratura uchun 8000 yevrodan dan 16000 yevrogacha grant; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

5312 marta

Flandriya hukumati (Shimoliy Belgiya) tomonidan tashkil etilgan Master Mind Scholarships grant dasturi uchun 2020-21-yilga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Flandriya (Belgiya) oliygohlari magistratura kurslarida tahsil olish istagidagi chet ellik talabalar uchun mo’ljallagan bo’lib, har yili eng umidli talabalarga beriladi. Dastur doirasida Flandriya hukumatida joylashgan quyidagi oliy ta’lim muassasalarida magistraturada o’qish uchun grant yutib olish mumkin:

  1. University of Lauven
  2. University of Antwerp
  3. Ghent University
  4. Hasselt University
  5. Vrije Universiteit Brussel
  6. Antwerp Maritime Academy
  7. Artesis Plantijn University College Antwerp
  8. Erasmus University College Brussels
  9. Karel de Grote University College
  10. LUCA School of Arts
  11. PXL University College
  12. University College Ghent

Master Mind Scholarships grant dasturi 2020-2021 o’quv yili uchun 30 nafar xalqaro talabaga grant ajratgan.

Eslatma: Grantga ariza topshirish 2020-yilning 30-apreligacha. Lekin yuqorida sanalgan universitetlarga hujjat topshirish muhlati har xil, shu sababli avval universitetlarning qabul muddati bilan tanishib chiqish zarur.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Master Mind grantini yutib olgan talabaga yiliga 8000 yevro miqdorida grant beriladi. Talaba 1 yillik magistratura kursiga o’qishga kirgan bo’lsa 8000 yevro, ikki yillik kursga o’qishga kirgan bo’lsa qo’shimcha yana 8000 yevro grant oladi. Grant yil davomida bo’lib-bo’lib to’lab beriladi.

Grant qay tarbibda berilishi haqida batafsil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod yuqorida sanab o’tilgan 12 OTMdan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari 4 ballik GPA tizimida kamida 3 ballni tashkil etishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi kerak (IELTS 7.0 yoki TOEFL 94). San’at maktabiga o’qishga kirganlar uchun B2 darajasi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga to’g’ridan-to’g’ri ariza berilmaydi. Grant yutib olish uchun nomzod ko’rsatilgan oliygohlarga hujjat topshirishi kerak. Universitetlar esa tuzilgan reytingga asosan eng yuqori o’rinlardagi nomzodlarni Hukumat grantiga tavsiya qiladi. Universitetlar tomonidan nomzod ko’rsatish 2020-yil 30-aprelgacha amalga oshiriladi, lekin 12 universitetdan har birida magistratura kurslariga qabul muddatlari turlicha, shuning uchun sizni qiziqtirgan universitet vebsaytiga tashrif buyurib, qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.

Flandriya universitetlari tomonidan grantga tavsiya etilgan talabalar keyinchalik arizaning o’zlariga tegishli qismini to’ldirishlari va quyidagi hujjatlarni topshirishlari kerak bo’ladi:

  1. Passport hajmidagi fotosurat.
  2. Passport nusxasi.
  3. Baholar (diplom ilova)
  4. Diplom nusxasi.
  5. Til testi sertifikati.
  6. Motivatsion xat.
  7. Ikkita tavsiyanoma.

Ma’lumot uchun jessica.martin@vluhr.be elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

 Grant dasturi Nizomi 

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!