×

Belgiya: Magistratura uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

01.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belgiya

O'QILGAN

3290 marta

Belgiyaning ikki universiteti – Ghent University va Vrije Universiteit Brussel tomonidan qoʻshma tarzda tashkil etilgan European Master of Science in Photonics magistratura dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur 2 yil oʻqitiladi. Dasturga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar uchun grant dasturi ham mavjud boʻlib, grantlar chet ellik talabalar uchun moʻljallangan. Magistratura  kursining 35% qismi labaratoriyada amaliy mashgʻulotlar koʻrinishida, 30% qismi nazariya, 25% qismi tadqiqot ishi va 10% qismi 21-asr uchun zaruriy boshqa bilimlar jamlanmasidan iborat. Kursning ikkinchi yilida talaba univeritetga hamkorlik qilayotgan OTMlarda amaliyot oʻtashi yoki talaba almashinuvi dasturlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Grant dasturidan asosiy maqsad Belgiyada oʻqish istagidagi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan olimlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

2020-yilgi European Master in Photonics magistratura kurslari uchun har biri 10 000 yevrodan boʻlgan bir nechta toʻliq grant ajratilgan. Undan tashqari, bir nechta qisman grantlar ham ajratilgan:

  • 3 ta 1000 yevrolik grantlar;
  • 3 ta 1500 yevrolik grantlar (kursning ikkinchi semestri uchun);
  • Va 1 ta 5000 yevrolik grant (kursning ikkinchi yili uchun).

Kurs uchun kontrakt toʻlovi miqdori haqida batafsil malumot bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod bakalar kursini tamomlayotgan yoki tamomlagan boʻlishi va kurs yoʻnalishi elektrik muhandislik, amaliy fizika, material fanlar va shunga yaqin fanlardan boʻlishi zarur.
  3. Nomzodning baholari yaxshi va a’lo boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak – qabul uchun kamida TOEFL IBT 87, PBT 570 yoki IELTS 6.0 talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun alohida ariza shart emas. VUB B-PHOT magistratura kursiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun ham nomzodlikka qoʻyiladi. Kursga hujjat topshirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. 2020-yil kuzgi kurslar uchun hujjat topshirish uchun dedlayn – 2020-yil 1-iyun. Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hudidi tarkibiga kirmaydigan davlatlar fuqarolari iloji boricha erta hujjat topshirishlari kerak. Bakalavr kursining soʻnggi bosqichida tahsil olayotgan, lekin hali diplom olmagan talabalar ham kursga hujjat topshirishlari mumkin, arizalar erta berilsa kifoya.

Kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. CV/resume.
  3. Motivatsion xat.
  4. Bakalavr diplomi.
  5. Diplom ilovasi/baholar.
  6. Ikkita tavsiyanoma.
  7. Nomzod erishgan yutuqlar, masalan mukofotlar, sertifikatlar, diplomlar va nashrlar roʻyhatini ham taqdim etish mumkin.

 Ma’lumot uchun: info@vub.ac.be elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!