×

Belorussiya: Jurnalistlar uchun 2 kunlik konferensiya!


Grant

MUHLAT

14.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Belarusiya

O'QILGAN

1283 marta

Belorussiyaning Minsk shahrida Press Club Belarus  boshchiligida tergov jurnalistikasi bilan shugʻullanuvchi OAV vakillari uchun birinchi marta 2 kunlik Minsk Investigation Hub konferensiyasi tashkil etilmoqda. Konferensiya 26-27 mart kunlari boʻlib oʻtadi. Unda qatnashchilar tergov-surishtiruv jurnalishtikasi bo’yicha master-klasslarda qatnashish hamda moliyaviy va murabbiylik yordamini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Konferensiyaning birinchi kunida MeduzaBBC News RussianМедиазона va Organized Crime and Corruption Reporting Project mutaxassislari maʼruza va mahorat darslari oʻtkazadilar. Tadbirning ikkinchi kunida ishtirokchilar oʻrtasida pitching tanlovi (gʻoyalar tanlovi) oʻtkaziladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Pitching tanlovida gʻolib deb topilgan 5 nafar eng yaxshi gʻoya muallifi homiylardan moliyaviy hamda mentorlik yordamini olish imkoniga ega boʻladi. Tanlov gʻoliblarining gʻoyalari eng mashxur belarus OAVlari tomonidan eʼlon qilinadi.

Talablar:

 Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod tergov-surishtiruv jurnalistikasi sohasida faoliyat olib borishi kerak.
  3. Nomzod OAV xodimi boʻlishi yoki mustaqil faoliyat olib borishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Konferensiyada ishtirok etish uchun 2020-yil 14-martgacha onlayn arizani toʻldirib, taqdim etish talab etiladi. Natijalar 15-mart kuni eʻlon qilinadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +375 33 361 57 48

E-mail: press-club@press-club.by

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!