×

Bergen International Literary Festival insholar tanlovi: istalgan tilda yozilgan insho bilan ishtirok etib, 2 500 yevro mukofotga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

01.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3597 marta

The Bergen International Literary Festival for Non-Fiction and Fiction insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov har yili Norvegiyaning Bergen shahrida o’tkazib kelinadi va unda dunyoning turli mamlakatlaridan 30 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar ishtirok etadilar. Insholar tanlovida istalgan tildagi insho bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovning bu yilgi mavzusi – “My Generation: What characterises your generation? Write an essay from your standpoint. What encourages you, what enrages you?”

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo’lganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning asosiy g’olibi 2 500 yevro pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 3 nafar eng yaxshi insholar mualliflarining har biriga 500 yevrodan pul mukofoti beriladi.

Talablar:

Tanlov qoidalari:

  • Tanlovga bir ishtirokchi faqat bitta insho taqdim etishi mumkin.
  • Nomzod 1990-yil yoki undan keyin tug’ilgan bo’lishi kerak.
  • Tanlovga istalgan tildagi insholarni taqdim etish mumkin. Lekin agar insho ingliz tilidan boshqa tilda bo’lsa, inshoning o’sha tildagi asl nusxasi bilan birga ingliz tilidagi tarjima nusxasi ham taqdim etilishi shart. Insholar ingliz tilidagi nusxasiga asosan baholanadi.
  • Inshoning ingliz tilidagi nusxasining hajmi 2 000 so’zdan oshmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etishni xohlasangiz, 2020-yil 1-oktyabrgacha bu yerda ariza bering. Tanlov g’oliblari 2021-yil 11-14-fevral kunlari o’tkaziladigan Bergen International Literary Festival festivalida e’lon qilinadi. Savol va murojaatlar bilan info@litfestbergen.no elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!