×

Berlin School of Mind and Brain: Germaniyada doktorantura kursi uchun stipendiya dasturlari


Grant

MUHLAT

15.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2499 marta

Germaniyada joylashgan Berlin School of Mind and Brain (qisqacha “M&B”) tadqiqot instituti Humboldt-Universität zu Berlin universiteti qoshidagi tadqiqot instituti hisoblanadi. Bu institut tadqiqot muassasasi sifatida Berlin shahrida joylashgan 6 ta universitet tadqiqot markazlari va 80 ta tadqiqot laboratoriyalarini ham birlashtirib turadi. M&B tadqiqot institutida miya va ongni tadqiq qilishga yo’naltirilgan 3 yillik doktorantura kurslari mavjud. Doktorantura kursi haqida ma’lumot

Hozir 2022-yil oktyabrda boshlanadigan, miya va ongni o’rganuvchi M&B doktorantura kurslariga qabul uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu kurslarga o’qishga qabul qilingan tadqiqotchilarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida bir nechta grant dasturlari mavjud. Ular:

  1. DAAD GSSP Scholarships for International Students;
  2. “Mind & Brain” Scholarships, Humboldt-Universität zu Berlin;
  3. The Mind & Brain scholarships;
  4. Special DAAD-M&B scholarships.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

M&B doktorantura kursiga hujjat topshirib, qabul qilinsangiz, to’lovlarini moliyalashtirish uchun quyidagi grantlarga ariza topshirishingiz mumkin bo’ladi:

  1. DAAD GSSP Scholarships for International Students grantiga ariza bergan va yutib olgan talabaga har oy 1200 yevro stipendiya, sug’urta va tadqiqot uchun 460 yevro mablag’ beriladi. Talaba Germaniyaga kelishi va qaytib ketishi uchun chiptalar olib beriladi.
  2. “Mind & Brain” Scholarships (universitet tomonidan beriladi) grantlari doktorantura kurslarini taqdim etuvchi universitetning o’zi – Humboldt-Universität zu Berlin universiteti tomonidan ajratiladi. Bu grantni yutib olgan talabaga 3 yil davomida 1468 yevro miqdorida oylik stipendiya
  3. The Mind & Brain scholarships (M&B tadqiqot markazining ichki grantlari)– oyiga 1350 yevro stipendiya Ta’lim, sayohat va trening uchun ham alohida mablag’ ajratiladi.
  4. Special DAAD-M&B scholarships dasturi DAAD tomonidan beriladigan yana bir grant dasturi hisoblanib, bu grant taqdim etilgan talabaga oyiga 1200 yevro stipendiya hamda aviachipta va trening kabilar uchun qo’shimcha mablag’ beriladi.

Talablar:

  • Nomzod magistratura kursini tamomlagan bo’lishi va kurs so’nggida ilmiy ish (tezis) topshirgan bo’lishi kerak. Magistratura kursi 2 yil davom etgan bo’lsa foydaliroq bo’ladi. Magistratura kursi yo’nalishi ong va miya mavzusiga yaqin istalgan yo’nalish bo’lishi mumkin (lingvistika, falsafa, psixologiya, neyrologiya va sh.k.).
  • Nomzod miya va ong mavzusida tadqiqotlar qilgan bo’lishi hamda bu tadqiqotlarga isbot sifatida taqdim etishi mumkin ma’lumotlari bo’lishi kerak (nashrlar va maqolalar kabi).
  • Nomzod doktorantura kursi uchun rejalashtirilgan tadqiqot rejasiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS 7,0, TOEFL iBT 87 (PBT 560). Nemis tilini bilish majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Avvaliga Humboldt-Universität zu Berlin universitetining 2022-yil oktyabrda boshlanadigan M&B doktorantura kursiga 2022-yil 15-yanvarga qadar bu yerda hujjat topshiring. Arizani faqat 2021-yil 1-dekabrdan boshlab to’ldirish mumkin. Qabul uchun mart va aprel oylarida suhbat ham bo’ladi. Batafsil

Ariza uchun kerakli hujjatlar:

  • 5 betli “research proposal” (tadqiqot rejasi/taklifi);
  • 1 betli motivatsion insho;
  • Ingliz tili testi sertifikati;
  • Nemis tili testi sertifikati (majburiy emas);
  • Bakalavr va magistratura kurslari diplomlari va baholari;
  • Tadqiqot tajribasi haqida ma’lumotlar kiritilgan CV.
  • Tavsiyanoma.

Ushbu hujjatlar qanday formatda va tartibda yuborilishi kerakligi haqida bu yerda batafsil yozilgan (albatta o’qing).

H=M&B kursiga hujjat topshirganingizdan so’ng barcha grantlarga ariza topshirish bo’yicha ma’lumot yuboriladi. Shundan keyin yuborilgan ma’lumotlar asosida grantlarga hujjat topshirish imkoni bo’ladi.

Ma’lumot uchun bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. Agar savollaringiz bo’lsa, mb-admission@hu-berlin.de elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!