×

Bilkent Universiteti: Turkiyada ingliz tilida bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

12.07.2024

QOLGAN VAQT

84 kun

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

15667 marta

Turkiyada joylashgan Bilkent universiteti bakalavr kurslariga va shu kurslar uchun ajratilgan xalqaro talabalarga moʻljallangan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grantlarni universitetda mavjud istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin. Universitetda taʼlim ingliz tilida.  Universitetda mavjud bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grantlar Turkiyadan boshqa davlatlardan bo’lgan eng faol va a’lochi talabalar uchun ajratilgan.

Hozirda 2024-yil kuzidan boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning bakalavrlik kurslarida oʻqish uchun har yili 16 200 AQSh dollari kontrakt to’lanadi.

Bakalavr kursiga hujjat topshirganlar orasidan maktab/kollej/litsey baholari va boshqa natijalari asosida eng munosib talabalarga kontrakt summasi uchun 20%, 40%, 60%, 80% yoki 100% chegirma taqdim etiladi. Grant kontrakt to’loviga chegirma ko’rinishida taqdim etiladi.

Shuningdek, toʻliq grant (kontrakt summasiga 100% lik chegirma)ni qoʻlga kiritgan talabalarning baʼzilariga yotoqxona toʻlovini toʻlash uchun ham grant ajratilishi mumkin.

O’qishning birinchi kursini tamomlagandan keyin hali grant olmagan talabalarga baholariga asosan 20% dan 100% gacha grant beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar va grant shartlari quyidagicha:

  • Grantlar nomzodning baholari, milliy va/yoki xalqaro imtihon natijalari, oʻzlari tanlagan oʻqish sohasi va boshqa yutuqlariga asosan belgilanadi. Grant yutib olish uchun bakalavr kursiga hujjat topshirish zarur. Bakalavr kursiga qabul uchun maktab, kollej yoki litseydagi baholarning oʻrtachasi (GPA) kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
    – 100 ballik tizimda kamida 70 ball;
    – 5 ballik tizimda kamida 3,5 ball;
    – 10 ballik tizimda kamida 7 ball.
  • Qabul uchun kamida IELTS 6,5 (barcha qismlari 5,5 dan yuqori bo’lgan holda) yoki TOEFL IBT 87 sertifikati talab qilinadi.
  • Qabul uchun SAT yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa xalqaro hujjat ham talab etiladi. SAT uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
    – SAT Reasoning Test: “Math” va “Critical Reading” qismida 1600 dan kamida 900 ball olinishi kerak.
    – SAT Subject Test: topshirilayotgan bakalavrlik dasturiga aloqador kamida 2 ta boʻlimda 800 balldan kamida 500 ball olinishi kerak.
  • Bakalavr kursining minimal talablariga javob berish oʻqishga qabul qilinish yoki grantni qoʻlga kiritishni kafolatlamaydi. Eng munosib nomzodlar oʻqishga qabul qilinadi va grantni qoʻlga kiritadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bakalavrlik kurslariga arizalar 2024-yil 12-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun avval roʻyxatdan oʻtib, hisob (akkaunt) ochish kerak.

Shuningdek ariza topshirayotganda 30 AQSH dollari miqdorida ariza badali ham toʻlanishi lozim.

Savollar yuzasidan contact@bilkent.edu.tr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!