Ilgʻor texnologiyalar markazi Biotexnologiya boʻyicha navbatdagi intensiv yozgi maktabni eʼlon qildi. Bu 2 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi bo’lib, oqsillarni ekstraksiya qilish, tozalash, DNK va/yoki RNKni ajratish va PCR va RT-PCR, IFA va boshqa usullar va metodikalarni o’z ichiga oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi – biologiya va unga aloqador yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, ayniqsa, hududlarda tahsil olayotgan talabalarga klinik va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladigan metodikalar yuzasidan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar (taxminan 15 nafar) dastur davomida kichikroq guruhlarga (har bir guruhda 3 nafar talaba) birlashtirilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadi va yordamchi bitiruvchilar ularni tajribalari bilan qo‘llab-quvvatlash uchun jamoaga biriktiriladi.
Talabalar dastlabki ikki haftani biotexnologiya, molekulyar biologiya va mikrobiologiya bilan bogʻliq bo’lgan turli xil texnikalarni o’rganish va o’tkazish bilan o’tkazadi va ular qo’shimcha ravishda o’zlarining qiziqishlari asosida tayinlangan guruh loyihalari ustida ishlaydi.
Ikkinchi haftaning oxirida talabalar o’z loyihalarini taqdim etadi va uni himoya qiladi.
Mashgʻulotlar 2024-yil 5-17 avgustda Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida oʻtkaziladi.
Dastur asosan o’zbek tilida olib boriladi. Lekin ingliz va rus tilidagi materiallardan ham foydalaniladi.
Grant kimlar uchun?
Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Yozgi maktabning manfaatli tomonlari:
- Qatnashish bepul
- Yetakchi olimlar tomonidan ma’ruza va amaliy topshiriqlar o’tiladi
- Maxsus sertifikat
- Movie night, Bowling day
Talablar:
Biologiya, farmatsevtika va aloqador yo’nalishda tahsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalari ushbu dasturda qatnashishi mumkin. Bakalavriat talabalari kamida 1-yilini tugatgan bo’lishi shart. Bakalavr va magistraturani 2024-yilda tugatganlar ham hujjat topshirishi mumkin. Qabul qilingan ishtirokchilardan, talabaligini yoki ushbu yili tugatganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi so’raladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2024-yil 30-iyul, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA oʻzbek, rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.
Ariza shaklida shaxsiy maʼlumotlarni kiritish bilan birga nega bu yozgi maktabda qatnashmoqchi ekaningizni asoslab maksimal 400 soʻzdan iborat insho yozish soʻraladi. Saralangan nomzodlar suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar dasturga qabul qilinadi.