×

Birkbeck Universiteti stipendiya dasturi (2018/19-o’quv yili uchun)


Grant

MUHLAT

15.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1391 marta

Birkbeck ijtimoiy fanlar maktabi 2018-19 o`quv yiliga 12 ta to`liq qoplanib beruvchi doktorantlar stipendiyasi tanlovini e`lon qiladi. Tanlov nazariy bilimlarga asoslanib, natijalar 2018 yil bahorida e`lon qilinadi.

 

Nomzodlarning arizalari doktorlik ilmiy darajasi (PhD) uchun quyidagi sohalarning barcha yo`nalishlari bo`yicha qabul qilinadi.

  • Ijtimoiy fanlar menejerligi (Arts management)
  • Madaniy fanlar (Cultural Studies)
  • Ingliz tili va gumanitar fanlar (English and Humanities)
  • San`at, arxitektura, muzey madaniyati va fotografiya tarixi (History of Art, Architecture, Museum Cultures and Photography)
  • Kinofilm, ommaviy axborot vositalari, televideniya (Film, Screen Media and Television)
  • Jurnalistika (Journalism)
  • Fransus va/yoki nemis qiyosiy adabiyoti va madaniyati (French and/or German Comparative Literature and Culture)
  • Yapon tili (Japanese)
  • Ispan, Portugal va Lotin Amerikasi madaniyati (Spanish, Portuguese and Latin American Culture)

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada o’qish istagidagilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Birkbeck doktorantlik tadqiqot gantlari mukofotlari, M.Phil/PhD (amaldagi 4,195 yevro) to`liq uy-joy/Yevropa Ittifoqi kursining qiymati bo`yicha to`la haq to`lashdan ozod qilinadi. Shuningdek, Tadqiqot Kengashining har yilgi stipendiyalari narxi.  (amaldagi 16.553 yevro)

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1) Ijtimoiy fanlar maktabi MPhil/PhD dasturiga ariza, shuningdek,

2) To`lov arizasi

Dasturi Arizasi

MPhil/PhD uchun online murojaat, umumiy maslahatlarni shu yerdan  olishingiz mumkin.

Dasturi Arizasi muddati: 15 yanvar, 2018 yil. Dushanba 12pm.

Mablag`lashtirilishi kutilayotgan barcha dastur istirokchilari o`z takliflari muhokamasi yuzasidan intervyuda qatnashishlari talab qilinadi.

Dastur arizalari topshirilgani hamon ko`rib chiqiladi. Mablag`lashtirilishi so`ralgan arizachilar intervyulari 2018-yilning 2-fevrali, juma kuniga qadar nihoyasiga yetkaziladi.

Moliyalashtirilish ko`zda tutilgan dastur arizachilari va joriy talabalar to`lov ariza anketasini to`ldirishlari shart. Anketani SHU YERDA yuklab olishingiz mumkin.

To`ldirilgan anketa quidagi pochtaga yuborilishi darkor. SoAFA@bbk.ac.uk.

Arizalarga to’lov o’lash uchun muddati 2018-yil 14-fevral

Birkbeck doktoranturasi tadqiqot grantlari 2018/19-o`quv yilidan boshlab, ijtimoiy fanlar tarkibida to`liq muddatli(full-time)  MPhil/PhD kvotalari mahalliy, Yevropa Ittifoqi va xalqaro talabgorlar uchun ochiq. Mahalliy, Yevropa Ittifoqi talabalarining qisqa muddatli (part-time) o`qish uchun arizalari ham ko`rib chiqiladi. (tegishli ijara narxlarida va uzoq muddatga)

Shuningdek, talabalar ayni vaqtda to`liq muddatga birinchi yil uchun yoki birinchi va ikkinchi o`qish yili uchun qisman (part-time) o`qishga murojaat qilishlari mumkin. Joriy o`quvchilar intervyu olish uchun talab qilinmaydi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!