×

Birlashgan Arab Amirliklari: Magistratura va PhD kurslari uchun toʻliq grant, oylik stipendiya, sugʻurta va boshqa imtiyozlar beriladi!


Grant

MUHLAT

15.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

10813 marta

Abu Dabining Masdar shahrida joylashgan Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) oliygohi mahalliy va xorijlik talabalarga sun’iy intellektni (Artificial Intelligence – AI) oʻrganishga qaratilgan magistratura va PhD kurslarini taklif etadi. MBZUAI ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, sun’iy intellektdan foydalanish, bu boradagi magistrlik va doktorlik tadqiqotlarini olib borishni oʻz oldiga maqsad qilgan. MBZUAI universitetida talaba va tadqiqotchilar sun’iy intellektning asosiy komponentlari: Computer Vision, Machine Learning, va Natural Language Processing yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish imkoniga ega boʻladilar. Hozir 2021-yil avgustda boshlanadigan kurslar uchun qabul boshlangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBZUAI universitetiga qabul qilingan barcha talabalarga oʻquv kursining oxirigacha 100 foizlik oʻqish toʻlovi, turar joy, oylik stipendiya va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi:

  1. O’quv jihozlari va dasturlardan foydalanish
  2. Maslahat va axborot texnologiyalari bo’yicha xizmat
  3. Sog’liqni saqlash xizmatlari va sug’urta
  4. Ibodat xonalari
  5. Ovqatlanish xonalari
  6. Talabalar uchun zallar

Biroq, talabaning stipendiya, boshqa imtiyozlarni saqlab qolishi uchun yuqori akademik ko’rsatkich qayd etishi, universitetning odob-axloq qoidalariga rioya qilishi va o’qish davomida ma’lum talablarni bajarishi talab etiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod magistraturaga hujjat topshirish uchun bakalavr (Bachelor of Science) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. PhD ga hujjat topshirish uchun magistr (Master of Science) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence (MBZUAI) qabul talablariga javob berishi kerak.
  5. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak (GPA 3.2/4.0)
  6. Nomzod toʻliq tartibda oʻqishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0/TOEFL iBT 90, har bir boʻlimdan kamida 20 ball boʻlishi talab qilinadi.
  8. GRE sertiifikatining mavjudligi nomzodga ustunlik beradi (majburiy emas).

Dasturga qabul jarayoni:

Oliygohga ariza topshirish uchun shu yer orqali roʻyxatdan oʻtish, kerakli kursni tanlash hamda onlayn arizani toʻldirish talab etiladi. 2021-yil avgustda boshlanadigan kurslarga arizalar 15-aprelgacha, 2022-yil yanvardagi kurslarga 15-iyulgacha qabul qilinadi. Magistraturaga hujjat topshirish uchun: bosing.

Doktoranturaga hujjat topshirish uchun: bosing.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Bakalavr (Bachelor of Science) diplomi (magistratura uchun).
  3. Magistrlik (Master of Science) diplomi (PhD uchun).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS kamida 6.5, har bir boʻlimdan kamida 6.0 ball/TOEFL iBT 90, har bir boʻlimdan kamida 20 ball).
  5. GRE sertifikati (ixtiyoriy).
  6. Statement of Purpose.
  7. Reserch proposal (PhD uchun).

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni universitetning rasmiy sayti va savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

E-mail: admission@mbzuai.ac.ae

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!